Mahalliy

Yoʻlda bezorilik qilgan haydovchiga qanday jazo beriladi?

Yoʻl bezoriligini sodir etgan haydovchiga BHMning 25 baravari miqdorida jarima solinadi. Shu bilan birga, u transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan ikki yilgacha mahrum qilinadi.

Yoʻlda bezorilik qilgan haydovchiga qanday jazo beriladi?

Qonunchilikka muvofiq, boshqa transport vositalarining harakatiga qasddan toʻsqinlik qilish yoʻl bezoriligi hisoblanadi. Shuningdek, harakatlanish burchagi va (yoki) tezligini saqlagan holda transport vositasini sababsiz sirpantirish, yaʼni drift qilish ham shu turdagi harakatlar sirasiga kiradi.

Haydovchining oʻz yoʻnalishida harakatlanish boʻlagini sababsiz, keskin tarzda uch va undan ortiq marta uzluksiz oʻzgartirishi ham yoʻl bezoriligi deb baholanadi.

Bundan tashqari, yoʻl harakati ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishiga tahdid soluvchi harakatlarni namoyishkorona sodir etish uchun ham mazkur javobgarlik belgilangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.