Dunyo

Yoʻlbars yigitni gʻajib tashladi, Tramp esa u bilan oʻynayotgani aks etgan rolikni joyladi

Britaniyada yoʻlbars hujumi oqibatida 23 yoshli Uilyam Chapman halok boʻldi. Bir necha kundan soʻng AQSH prezidenti Donald Tramp hujum aks etgan videoni ulashdi, marhumning yaqinlari esa bunday tasvirlarni tarqatishni toʻxtatishga chaqirdi.

Yoʻlbars erkakni gʻajib tashladi, Tramp esa u bilan oʻynayotgani tasvirlangan rolikni joyladi

Britaniyaning Donkaster shahridagi yovvoyi tabiat bogʻida Oltoy nomli Amur yoʻlbarsi volyerga kirib qolgan erkakka hujum qilib, uni gʻajib tashladi. Bu voqea 10-oktabr kuni sodir boʻlgan edi.

Oradan uch kun oʻtib, 13-oktabr kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogʻida yoʻlbars hujumi aks etgan kadrlarni ulashdi va postiga «Tabiat bilan aslo oʻynashmang!» degan izoh yozdi.

Keyin u sunʼiy intellekt yordamida tayyorlangan yana bir rolikni ham joylashtirdi. Unda Trampning oʻzi maysazorda yoʻlbars bilan dumalab oʻynayotgani, soʻng uni quchoqlab olgani koʻrsatilgan.

Marhumning qarindoshlari bunga keskin munosabat bildirdi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda «oʻta haqoratomuz kontent» tarqatilishi ularga ogʻir botayotganini aytdi. Oila aʼzolari bunday materiallarni yoyishni toʻxtatishni soʻradi. Shuningdek, politsiya ham hujum tasvirlangan videoni tarqatmaslikka chaqirdi.

Halok boʻlgan britaniyalik Uilyam Chapman 23 yoshda edi. Yaqinlarining aytishicha, u samimiy, mehribon va ochiqkoʻngil yigit boʻlgan. U koʻp yillardan beri ogʻir ruhiy xastalikdan davolanib kelgan va kuchli taʼsir qiluvchi dori-darmonlarni qabul qilib yurgan.

Maʼmuriyat odamga hujum qilgan yoʻlbars oʻldirilmasligini bildirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.