Yozuvchi Nabijon Boqiyga uy berildi
Adibga uy kalitini Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov Prezident nomidan sovg‘a sifatida topshirdi.

Yozuvchi Nabijon Boqiyga uy berildi
Yozuvchi va tarjimon Nabijon Boqiyga davlat tomonidan uy ajratildi. Adibga uy kalitini Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov Prezident nomidan sovg‘a sifatida topshirdi.
Nabijon Boqiy, avvalo, Abdulla Qodiriyning qatag‘on qilinishiga bag‘ishlangan «Qatlnoma» asari bilan tanilgan.
Adib 1956-yil 7-noyabrda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi Chuvalanchi qishlog‘ida tug‘ilgan. 1984 yili Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Uning «Bir muhabbat qissasi», «Gulzamira», «Chingiz afandiga maktublar», «Anvar poshoning vasiyati» kabi asarlari nashr etilgan. Nabijon Boqiy tarjimon sifatida ham faoliyat yuritgan. Jumladan, Robert Luis Stivensonning «Merosxo‘r» va «Katriona» romanlarini o‘zbek tiliga o‘girgan.
Yozuvchi 1996 yili «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

