Yorib koʻrish natijalari Heyden Panettyerning oʻlimiga giyohvand moddalarning haddan tashqari koʻp isteʼmol qilinishi sabab boʻlganini koʻrsatdi
Oʻtgan oyda 36 yoshida vafot etgan sobiq bolalar yulduzining organizmida fentanil, Ksanaks, mushak boʻshashtiruvchi (miorelaksant) va antipsixotik dori vositalari borligi aniqlandi.

Yorib koʻrish natijalari Heyden Panettyerning giyohvand moddalarni haddan tashqari koʻp isteʼmol qilishdan vafot etganini koʻrsatdi
Janubiy Karolina shtatidagi Grinvill okrugi koroner idorasi tomonidan oʻtkazilgan yorib koʻrish natijalariga koʻra, bolalikdan tanilgan yulduz Heyden Panettyer uning organizmidagi fentanil, Ksanaks va boshqa bir nechta dori vositalarining zaharli taʼsiridan vafot etgan.
Koroner idorasining maʼlum qilishicha, Panettyerning oʻlimi baxtsiz hodisa boʻlgan va uning oʻlimiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan hech qanday jarohat izlari topilmagan.
Panettyer oʻtgan oyda Janubiy Karolinadagi uylardan birida hushsiz holatda topilganidan keyin 36 yoshida vafot etgan edi.
AQShning «Qahramonlar» (Heroes) va «Neshvill» (Nashville) teleseriallari yulduzi zararli moddalarga qaramlik bilan kurashayotgani haqida ochiq gapirgan edi.
Koroner idorasi, shuningdek, uning organizmida metokarbamol — retsept boʻyicha beriladigan mushak boʻshashtiruvchi dori va kvetiapin — ayrim ruhiy kasalliklarni davolashda qoʻllaniladigan antipsixotik vositani aniqlagan.
Fentanil — sintetik opioid boʻlib, u soʻnggi besh yilning oʻzida yuz minglab amerikaliklarning hayotiga zomin boʻldi.

