Siyosat

Yong‘in xavfsizligi talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

Suyultirilgan uglevodorod gazini gaz quyish shoxobchalari tomonidan maishiy gaz ballonlarida berishda BHMning 5 baravarigacha jarima

Yong‘in xavfsizligi talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

Yong‘in xavfsizligi talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilandi.

Qonun (1186-son, 02.11.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, obyektlarni qurish uchun yer uchastkalarini ajratish, loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish tartib-taomillarini amalga oshirish jarayonida:

- vakolatli organ hamda xulosa beruvchilarning zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishiga o‘z mansab vakolatlaridan foydalanib, qonunga xilof ravishda aralashish:

- BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Suyultirilgan uglevodorod gazini iste’molchilarga avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan maishiy gaz ballonlarida berish:

- BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bozorlar, savdo komplekslari va savdo-ko‘ngilochar markazlari mulkdorlarining uchinchi shaxslar hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga yong‘in yuzaga kelishi natijasida zarar yetkazganlik uchun o‘zining fuqarolik javobgarligini, shuningdek ushbu obyektlarni yong‘indan majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatini bajarmasligi:

- mansabdor shaxslarga BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yong‘in auditini o‘tkazishga oid qonunchilikda belgilangan talablar va shartlarni buzish:

- fuqarolarga BHMning 15 baravari, mansabdor shaxslarga esa 30 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.