Mahalliy

Yomgʻirlar sabab ayrim hududlarni suv bosishi mumkin

30-sentabr - 2-oktabr kunlari kutilayotgan yomgʻirlar sabab Oʻzbekistonning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tezkor gidrometeorologik axborotda toʻqqiz viloyatning qator tuman va shaharlari boʻyicha ogohlantirish berildi.

Yomgʻirlar tufayli ayrim hududlarni suv bosishi mumkin

Xabarga koʻra, quyidagi hududlarda sel va suv toshqini xavfi mavjud:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va Gʻuzor tumanlari.

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon va Muzrabot tumanlari.

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari.

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari.

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari.

Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari, Angren va Olmaliq shaharlari.

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqoʻrgʻon tumanlari.

Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona va Beshariq tumanlari hamda Shohimardon hududi.

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod va Marhamat tumanlari, Xonabod shahri.

Togʻoldi va togʻli hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini koʻrish soʻralgan.

Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomgʻir suvlari toʻplanib, hududlarni suv bosishi ehtimoli borligi qayd etilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.