“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi: ularning har biriga 616 mln so‘mdan beriladi

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari ma’lum bo‘ldi: har biriga 616 mln so‘mdan topshiriladi
O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi yakuniga yetdi. Respublika miqyosida birinchi o‘rinni olgan pedagoglarning har biri 616 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Joriy yilgi tanlovda mamlakat bo‘ylab 46 mingdan ortiq pedagog qatnashdi. Yakunda 208 nafar o‘qituvchi g‘olib deb topildi. G‘oliblar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan e’lon qilindi.
“Yil o‘qituvchisi” 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan. Unda nomzodlar o‘zlari dars beradigan bitta fandan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari esa boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidan qatnashadi. Ro‘yxatdan o‘tish vazirlikning maxsus platformasi orqali amalga oshiriladi.
Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti bo‘yicha nazariy bilimlari baholanadi. Ikkinchi bosqichda pedagogik mahorat hakamlar hay’ati va pedagoglar tomonidan baholanib, nomzod o‘tkazgan darsning videoyozuvi maxsus platformaga joylashtiriladi. Uchinchi bosqichda esa nomzodlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati hamda kitobxonligi baholanadi.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan pedagoglarga 1 400 BHM miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi. Bundan tashqari, tanlov g‘oliblarini tayyorlagan ustozlarni rag‘batlantirishga ham alohida e’tibor qaratilgan.

