Iqtisodiyot

Yevropa yil oxirida aviatsiya yonilg‘isi taqchilligiga duch keladi — Reuters

Yevropa yil oxirida aviatsiya yonilg‘isi tanqisligiga yuz tutadi — Reuters

Yevropada 2026-yilning to‘rtinchi choragida aviatsiya yonilg‘isi taqchilligi yanada kuchayib, kuniga 510 ming barrelga yetishi mumkin.

Sentyabrning birinchi yarmida Yevropadagi eng yirik neft mahsulotlari saqlash markazi — Amsterdam–Rotterdam–Antverpen hududida aviatsiya yonilg‘isi zaxiralari 543 ming tonnagacha tushib ketgan. Bu so‘nggi yetti yildagi eng past daraja hisoblanadi.

Energy Aspects hisob-kitoblarida boshqa hududlardagi vaziyat ham keltirilgan. Unga ko‘ra, yilning to‘rtinchi choragida AQSHda aviatsiya yonilg‘isi taklifi talabni deyarli to‘liq qoplaydi. Hatto kuniga qariyb 18 ming barrel yonilg‘i ortib qolishi mumkin.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasida esa yonilg‘i sezilarli darajada ortiqcha bo‘ladi — kuniga taxminan 419 ming barrel.

Kompaniya tahlilchilarining ta’kidlashicha, Yevropa, AQSH va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi bu holat uchinchi chorakda kuzatilgan tendensiyalarning davomi hisoblanadi.

Eronda urush boshlanganidan keyin Yaqin Sharqdan yonilg‘i yetkazib berish izdan chiqqach, Yevropa aviatsiya yonilg‘isini Nigeriya, Kanada, AQSH va Janubiy Koreya kabi davlatlardan ko‘proq import qila boshladi, deb yozadi Reuters.

So‘nggi vaqtlarda, ayniqsa, Janubiy Koreyadan yonilg‘i xaridi keskin oshgan. Kpler ma’lumotlariga ko‘ra, sentyabr oyida Janubiy Koreya Yevropaga kuniga o‘rtacha 129 ming barrel aviatsiya yonilg‘isi yetkazib bermoqda. Bu 2022-yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.