Mahalliy

Yettita xorijiy atama o‘zbekcha muqobili bilan almashtiriladi

O‘zbekiston qonunchiligida qo‘llanadigan yettita xorijiy atamani o‘zbekcha muqobillari bilan almashtirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, «svetofor» - «yo‘lchiroq», «parol» - «o‘ron», «avans» esa «bo‘nak» deb yuritiladi.

Yetti xorijiy atama o‘zbekcha so‘zlar bilan almashtiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 11-avgust kuni qonunchilikda ishlatiladigan ayrim chet el atamalarini ularning o‘zbekcha muqobillari bilan almashtirishni ko‘zda tutuvchi qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishlarda ma’qulladi.

Ushbu qonunga binoan, quyidagi atamalar o‘zgartiriladi:

Ta’kidlanishicha, bu o‘zgarishlar qonun hujjatlaridagi tushunchalar va yuridik atamalarni standartlashtirish, shuningdek, ularni qo‘llashdagi noaniqliklarni bartaraf etishga qaratilgan.

Qonun Qonunchilik palatasida qabul qilingach, Senatga yuboriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.