Yarador holatida kabina eshigini ochgan va odamlarni qutqargan. Qahramonga aylangan uchuvchi haqida nimalar maʼlum?
Flydubai aviakompaniyasining Dubaydan Tel-Avivga uchgan samolyoti halokatga uchrashining oldini olgani uchun qahramon deb atalayotgan hindistonlik uchuvchi Smit Machchhar uchun aviatsiyada ishlash bolalikdagi orzu boʻlmagan.

Yarador bo‘lsa ham kabina eshigini ochib, odamlarni qutqargan. Qahramonga aylangan uchuvchi haqida nimalar ma’lum?
Machchhar oilaviy to‘qimachilik biznesi bilan shug‘ullanishni rejalashtirgan edi, 19 yoshida esa aviatsiyaga qiziqib qoladi va bu uning onasini juda xavotirga soladi, deya hikoya qiladi Reuters agentligining Hindistondagi byurosi. 30-sentabr kungi parvoz chog‘ida uning o‘g‘liga havodagi samolyot kabinasida ikkinchi uchuvchi pichoq bilan hujum qilib, jarohat yetkazdi.
Isroil rasmiylariga ko‘ra, kabina polida qonga belanib yotgan Smit Machchhar eshikni ochish tugmasini bosishga ulgurgan va shundan so‘ng kabinaga yo‘lovchilardan biri hamda ekipaj a’zolari kira olgan. Kema komandiriga hujum qilgan ikkinchi uchuvchi zararsizlantirilgach, bortda bo‘lgan va qaytishda uchuvchilarni almashtirishi kerak bo‘lgan ikkinchi ekipaj samolyot boshqaruvini qo‘lga olib, Saudiya Arabistonining Tobuk shahridagi aeroportga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan.
«U [Machchhar] o‘z hayotini xatarga qo‘yib, mardona olishdi va 11-sentabr voqealariga o‘xshash teraktning oldini oldi», – dedi payshanba kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi.
Avvalroq u X ijtimoiy tarmog‘ida shunday yozgandi: «Kapitan Smit Machchxar – QAHRAMON. Ulkan xavf bilan to‘qnashib, jiddiy jarohat olganidan keyin ham u boshqalarning hayotini saqlab qolish uchun aql bovar qilmas jasorat va qat’iyat ko‘rsatdi».
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ham Machchharga «favqulodda jasorat» uchun minnatdorchilik bildirgan.
«Pichoqda yetkazilgan og‘ir jarohatlarga qaramay, u qarshilik ko‘rsatdi, kabina eshigini ochdi va yo‘lovchilar hamda ekipaj a’zolariga hujum qilgan uchuvchini zararsizlantirishga imkon berdi, bu bilan havodagi halokatning oldini oldi. U 174 kishining, jumladan, Isroil va boshqa davlatlar fuqarolarining hayotini saqlab qoldi», – deya yozdi chorshanba kuni Isroil bosh vaziri X ijtimoiy tarmog‘ida va hindistonlik uchuvchining tezda to‘liq sog‘ayib ketishini tiladi.
«U haqiqiy qahramon», – degan Netanyahu.

