Yaponiyaga “Dujuan” tayfuni yopirildi, ikki million odam evakuatsiya qilinadi (foto)

Yaponiyaga “Dujuan” tayfuni yopirildi, ikki million odam evakuatsiya qilinadi (foto)
Yaponiyaga yopirilgan “Dujuan” tayfuni sababli qariyb ikki million kishi evakuatsiya qilinishi haqida ogohlantirildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Tayfun oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, jami sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan. Yaponiya Meteorologiya agentligi “hayot uchun muqarrar xavf” borligidan ogohlantirgan. Kuchli shamol tufayli 50 mingdan ortiq kishi elektr ta’minotidan uzilgan, yuzlab reyslar bekor qilingan, temiryo‘l qatnovlari to‘xtatilgan.
Tayfun Tinch okeanida kuzatilayotgan bir qator bo‘ronlarning navbatdagisi bo‘lib, okean suvlarining isishiga sabab bo‘layotgan “super El Nino” tufayli kuchaygan. Rasmiylar aholini ob-havo ma’lumotlariga e’tibor qaratishga chaqirmoqda.
Xususan, 22-sentyabr kuni Rock in Japan musiqa festivalida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertlar bekor qilindi. Tokyo Game Show videooʻyinlar koʻrgazmasi ham shu kungi dasturini bekor qildi.
Shundan so‘ng u AQSHga rejalashtirilgan safarini qoldirmasligini aytdi.
“Shoshilinch vaziyatni hisobga olib Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Takehara va vazir Hosonoga barcha zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdim”, dedi u.
Takaichi 22-sentyabr kuni Nyu Yorkda BMT Bosh assambleyasida nutq so‘zlaydi hamda AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi.
El Nino — Tinch okeanining ekvatorial qismidagi suvlarning anomal darajada isishi bilan bog‘liq iqlim hodisasi. U qurg‘oqchilik, kuchli yog‘ingarchilik, suv toshqinlari va boshqa ekstremal ob-havo hodisalariga sabab bo‘lishi mumkin. Bular esa hosildorlik va oziq-ovqat narxlariga ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotchilar El Nino Osiyodagi ayrim davlatlarda yangi inqiroz xavfini yuzaga keltirishi mumkinligini aytmoqda.

