Dunyo

Yaponiyada 15 kunlik viza olib 26 yil yashagan erkak ushlandi

Yaponiyada 15 kunlik viza bilan 26 yil yashagan shaxs qo‘lga olindi.

Yaponiyaning Shizuoka prefekturasi politsiyasi 72 yoshli Janubiy Koreya fuqarosini hibsga oldi. U mamlakatda viza muddati tugaganiga qaramay, 26 yildan ortiq vaqt davomida yashab kelganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda The Japan Times xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, politsiyaga bu haqda iyun oyida xabar kelib tushgan. Erkak Yaponiyaga 1993-yil sentyabr oyida akasining pasportidan foydalanib, 15 kunlik sayyohlik vizasi bilan kirgan. U Yaponiyada yuqori maoshli ish topishni maqsad qilgan.

Gumonlanuvchi 26-avgust kuni qamoqqa olindi. U Shizuoka prefekturasining Yaizu shahrida yashab kelgan va 1993-yildan beri Yaponiyadan chiqib ketmagan. Yaponiyada 2000-yil fevral oyigacha viza muddatini o‘tkazib yuborish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lmagan.

Shundan so‘ng yangi immigratsiya qonuni kuchga kirgan. Shu sababli politsiya uni faqat 2000-yildan keyingi davr uchun hibsga oldi. Gumonlanuvchi tergovda kunbay ishlarda ishlaganini aytgan va o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan.

Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil yanvar holatiga ko‘ra mamlakatda 68 488 nafar noqonuniy yo‘l bilan qolgan shaxs aniqlangan. Bu ko‘rsatkich 1993-yildagiga qaraganda ancha kam. 1993-yilda bunday shaxslar soni eng yuqori darajaga yetib, 298 646 nafarni tashkil etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.