Mahalliy

Yangihayot va Sergeli tumanlarining qator mahallalarida 3 kun davomida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi qator mahallalarda 12-avgust soat 08:00 dan 15-avgust 17:00 gacha gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bunga eski gaz taqsimlash punkti va yer osti gaz quvurini almashtirish ishlari sabab bo‘ladi.

Yangihayot va Sergeli tumanlarining ayrim mahallalarida uch kun muddatga gaz ta’minoti vaqtincha uziladi.

“Hududgazta’minot” xabariga ko‘ra, Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi “Tashabbus” MFY Sergeli 5A mavzesida joylashgan eski gaz taqsimlash punkti hamda hududdagi yer osti gaz quvurini yangilash ishlari olib borilishi sababli, 12-avgust soat 08:00 dan 15-avgust soat 17:00 ga qadar quyidagi iste’molchilarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

**Yangihayot tumani:**

“Yo‘ldosh”, “Mash’al”, “Olchazor”, “Xushnud”, “Navqiron”, “Yorqin hayot”, “Charog‘on”, “Chorbog‘”, “Viqor”, “Al Farg‘oniy”, “Do‘stlik”, “Iqbol”, “Toshkent”, “Fayzli” va “Chortoq” mahalla fuqarolar yig‘inlari.

**Sergeli tumani:**

“Mehrigiyo”, “O‘zgarish”, “Habibiy”, “Madadkor”, “Ziynat”, “Ezgulik”, “Yangi Sergeli”, “Sohibqiron”, “Sofdil”, “So‘g‘diyona”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Saxovat”, “Qipchoq”, “Qut-baraka” va “Daryo bo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘inlari.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanishi ma’lum qilindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.