Yangi Toshkentda har bir ma’muriy hudud uchun 100 gektardan yer ajratiladi
Yangi Toshkentda poytaxtning har bir tumani, shuningdek, har bir viloyat aholisi va tadbirkorlari uchun ham

Yangi Toshkentda har bir ma’muriy hudud uchun 100 gektardan yer ajratiladi
Yangi Toshkentda poytaxtning har bir tumani, shuningdek, har bir viloyat aholisi va tadbirkorlari uchun ham 100 gektardan yer ajratiladi. Bu haqda ayni paytda Yangi Toshkentda tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda ma’lum qilindi.
Davlat rahbarining aytishicha, namanganlik ham, buxorolik ham kelib, o‘z mahallasida, kichik Vatanida yashashi mumkin.
– Mana, men Samarqandga birinchi hokim bo‘lganimda, menga shaharda «Zomin» guzari borligini aytishdi. Men hayron qoldim, «Zomin» guzari bo‘lishi mumkinmi, deb. Borib ko‘rsam, ahvoli juda achinarli ekan. Keyin o‘zimga savol berdim: sen tug‘ilgan kichkina vatannning mana shu yerda nomi bor ekan, shuni ulug‘ qilishga harakat qilishing kerakmi, yo‘qmi?..
Shuning uchun har bir viloyat hokimi ham farzandlariga, nevaralariga men (hokim bo‘lgan, -tahr) paytim Toshkentda Namangan massivi qurildi, Farg‘ona massivi qurildi, Buxoro massivi qurildi, Qoraqalpog‘iston massivi qurildi deyolsa, o‘ylaymanki, bizning tariximizga yarashadi, – dedi davlat rahbari.

