Texnologiya

Yangi tezyurar poyezd sinov reysida Andijonga bordi

Xitoyda ishlab chiqarilgan, yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd Toshkentdan Qamchiq dovoni orqali vodiyga sinov reysini amalga oshirib, Andijon vokzaliga yetib bordi.

Yangi tezyurar poyezd Andijonga sinov safarini amalga oshirdi.

Xitoyda ishlab chiqarilgan ushbu yuqori tezlikka ega poyezd Andijon viloyatiga yetib bordi. Viloyat hokimligining ma'lumotiga ko'ra, poyezd soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlana oladi va bir vaqtning o'zida 415 nafar yo'lovchini tashish imkoniyatiga ega. Uning Toshkentdan Andijongacha bo'lgan masofani atigi 3 soatda bosib o'tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Xitoyda ishlab chiqarilgan CR200J elektropoyezdi Urganch xalqaro aeroporti va Xiva temiryo'l bekati o'rtasida qatnovni boshlagani xabar qilingan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.