Texnologiya

Yangi Mitsubishi Pajero taqdim etildi

Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi Pajero avtomobilining yangi avlodini taqdim etdi. Mazkur yoʻltanlamas rama konstruksiyali, dizel dvigatelli va uch qatorli salonga ega boʻldi.

**Yangi Mitsubishi Pajero namoyish etildi**

Mitsubishi ishlab chiqarilishi 2022-yilda toʻxtatilgan Pajero yoʻltanlamasining yangi avlodini taqdim qildi.

**Zamonaviy Mitsubishi modellari ruhidagi dizayn**

Mitsubishi yangi Pajero avvalgi avlodlar bilan aloqadorligini taʼkidlayotgan boʻlsa-da, ular orasida aniq vizual oʻxshashliklar unchalik koʻp emas. Yoʻltanlamas ensiz faralar, katta radiator panjarasi va kengaytirilgan gʻildirak arkalariga ega boʻldi. Biroq avtomobil tashqi koʻrinishida markaning zamonaviy modellari, xususan, Destinator va Xforce bilan umumiy jihatlar anchagina.

Komplektatsiyasiga qarab, avtomobilga oʻlchami 255/55 R20 boʻlgan Toyo Open Country H/T yoki Bridgestone Dueler H/T shinalari oʻrnatiladi.

Shu bilan birga, avvalgi Pajero oʻziga xos belgilaridan birini yoʻqotdi: zaxira gʻildirak orqa eshikdan avtomobil tagiga koʻchirildi.

Oʻlchamlari jihatidan yangi Pajero yirik yoʻltanlamasga toʻliq mos keladi: uzunligi 4920 mm, eni - 1925 mm, balandligi - 1910 mm. Gʻildiraklar bazasi 2870 mm, old va orqa oʻqlar orasidagi masofa esa 1630 mm ga yetadi.

**Ekranlar va tugmalar uygʻunligi**

Yangi Pajero intereri ikkita displeyli katta old panel atrofida shakllantirilgan. Qimmat versiyalarda yagona blokka birlashtirilgan 14,3 dyuymli ekrandan foydalanilgan. Hamyonbop komplektatsiyalarda esa 12,3 dyuymli panel oʻrnatilgan.

Raqamli asboblar paneli murakkab yoʻllardan oʻtishda yordam beradigan maʼlumotlarni koʻrsata oladi. Ekranda dengiz sathidan balandlik, kompas koʻrsatkichlari, tashqi harorat, yon ogʻish va tangaj burchaklari hamda burilishni faol boshqarish tizimining ishlashi haqidagi maʼlumotlar aks etadi.

**Uch qatorli oʻrindiqlar va oʻziga xos pardoz**

Asboblar paneli va eshiklarni pardozlashda Mitsubishi Yaponiyaning kimekomi texnikasidan ilhom olgan. Bu yogʻoch yoki boshqa materialdan tayyorlangan asosga mato boʻlaklarini yopishtirib, bezak buyumlari yaratish usulidir. Shu sababli yumshoq yuzalar koʻp qatlamli fakturaga ega boʻladi.

Ikkinchi qator yoʻlovchilari uchun keng sozlash imkoniyatlari mavjud. Divanni oldinga va orqaga 150 mm gacha surish mumkin. Shuningdek, ular uchun yon oynalarda quyoshdan himoyalovchi pardalar, yon oʻrindiqlarni isitish tizimi, alohida iqlim nazorati zonasi, maishiy rozetka va ikkita USB–C porti nazarda tutilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.