Yangi Kia – oʻziga xos shartlar asosida: Sonet, Sportage va K5 uchun maxsus takliflar
Kia brendi yangi avtomobil xarid qilishni osonlashtirmoqda: bir vaqtning oʻzida uch turdagi model uchun boshlangʻich toʻlovi 25% dan boshlanadigan va yillik stavkasi 0% boʻlgan muddatli toʻlov asosida yangi moliyaviy dasturlar mavjud.

Kia brendi avtomobil xarid qilishni yanada qulaylashtirmoqda. Endilikda Sonet, Sportage va K5 modellarini 25% boshlangʻich toʻlov hamda 0% yillik stavka bilan muddatli toʻlov asosida xarid qilish mumkin. Xaridorlar oʻzlariga mos keladigan boshlangʻich toʻlov miqdori va toʻlov muddatini tanlash imkoniyatiga ega. Shuningdek, mavjud avtomobilning qiymatini Kia Trade-in dasturi orqali boshlangʻich toʻlovga yoʻnaltirish mumkin.
**Ommabop va ixcham Kia Sonet krossoveri uchun yangi takliflar:**
* **25% boshlangʻich toʻlov** bilan 24 oy muddatga, 0% yillik stavka va oylik toʻlov 6 246 875 soʻmdan boshlanadi (Kia Sonet Classic).
* **30% boshlangʻich toʻlov** bilan 36 oy muddatga, 0% yillik stavka va oylik toʻlov 3 886 944 soʻmdan boshlanadi (Kia Sonet Classic).
**Qulay shartlar asosida harakatlaning**
Yangi avtomobil tanlash – bu qulaylik, yangi yoʻnalishlar va imkoniyatlar sari qadamdir. Kia brendi xaridorlarga eng maqbul variantni tanlashlari uchun bir nechta xarid imkoniyatlarini taqdim etadi: boshlangʻich toʻlovni kamaytirish yoki toʻlovlarni uzoqroq muddatga boʻlish.
**Yangi moliyaviy shartlar Kia’ning boshqa mashhur modellari uchun ham amal qiladi:**
**Kia Sportage***
* Boshlangʻich toʻlov – 50%
* Muddatli toʻlov – 36 oy
* Yillik stavka – 0%

