Yangi Dacia Hipster sitikari namoyish etildi
Mitti avtomobil burchakli shakldagi kuzov va elektr dvigatelga ega boʻladi.

Yangi Dacia Hipster sitikari taqdim etildi
2025-yilda namoyish qilingan Dacia Hipster konsepti seriyali ishlab chiqarish versiyasiga ega bo‘ladi. Bu haqda Autocar loyihaga yaqin manbaga tayanib yozmoqda. Nashrga ko‘ra, modelni ishlab chiqarish kelasi yildayoq boshlanadi. Yig‘ish ishlari Xitoydagi zavodda yo‘lga qo‘yiladi.
Shunga qaramay, avtomobil dunyoning boshqa bozorlarida ham sotuvga chiqadi. Masalan, Buyuk Britaniyada sitikarning boshlang‘ich narxi taxminan £9,5 mingni (taxminan 150 million so‘m) tashkil etadi.
Yangi avtomobil Dacia Spring modelining vorisi sifatida ko‘rilmoqda. Kichik sitikarning uzunligi taxminan 3 metr bo‘ladi. Avtomobil burchakli kuzov shakli va to‘rt o‘rindiqli salon bilan ta’minlanadi. Mashinani elektr kuch qurilmasi harakatga keltiradi.
Seriyali modelning texnik tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan. Faqat avtomobil 15 kVt·soat sig‘imli batareya bilan jihozlanishi ma’lum.
Qiziq tomoni shundaki, Dacia Hipster konseptida bort mediatizimi yo‘q edi. BYOD (Bring Your Own Device) texnologiyasi tufayli uning vazifasini haydovchining shaxsiy smartfoni yoki plansheti bajarishi mumkin edi. Katta ehtimol bilan ayni shunday tizim prototipning seriyali versiyasida ham qo‘llaniladi.

