Texnologiya

Yandex Uzbekistan yil oxirigaça Toşkentda robotlar orqali yetkazib berişni yölga qöyişni rejalaştirmoqda

Yandex Uzbekistan 2026-yil oxirigaça Toşkentdagi Yandex Lavka buyurtmalarini tezkor yetkazib berişga robotlarni jalb qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Izzat Şukurov tahririyatning loyihaga tayyorgarlik böyiça söroviga javoban maʼlum qildi.

Yandex Uzbekistan yil yakunigacha Toshkentda robotlar orqali yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

“Yil oxirigacha yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishga umid qilyapmiz. Hozirda yetkazib beruvchi robotlar zarur sinov bosqichlaridan o‘tmoqda. Robotlar oziq-ovqat mahsulotlari, tayyor taomlar va kundalik ehtiyoj mollarini yetkazib beradi. Ularga faqat servisning yetkazib berish vaqtiga qo‘yilgan talablarini bajara oladigan yo‘nalishlar belgilanadi”, - dedi Izzat Shukurov.

Pilot loyiha natijalariga ko‘ra, kompaniya uni bosqichma-bosqich kengaytirishni rejalashtirmoqda. Jumladan, robotlarni Yandex Uzbekistan ekotizimining boshqa servislari buyurtmalarini yetkazib berishga jalb qilish, shuningdek, bu xizmatni boshqa kompaniyalarga ham taklif etish ko‘zda tutilgan.

Foydalanuvchi buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida ilovada uning taxminiy yetib kelish vaqtini ko‘radi. Robot ikki kilometrgacha bo‘lgan masofaga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan va piyodalar oqimi tezligida harakatlanadi.

Robotlar shaharda qanday harakatlanishi haqidagi savolga javoban kompaniya ular lidar va ultratovush datchiklaridan foydalanishini ma’lum qildi. Hisoblash tizimi datchiklardan olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi, svetofor signallarini aniqlaydi va atrofdagi obyektlarning harakatini prognoz qiladi. Bu robotga mustaqil ravishda yo‘nalish tanlash, to‘siqlarni aylanib o‘tish va piyodalar o‘tish joylaridan yo‘lni kesib o‘tish imkonini beradi.

Oltita yetakchi g‘ildirak robotga balandligi 10 santimetrgacha bo‘lgan bordyurlar va notekis qoplamali yo‘l qismlaridan o‘tishga yordam beradi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, robotlar yomg‘irli ob-havoda ham harakatlana oladi.

Tahririyat robot favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilishi va unga o‘tkinchilarning yordami kerak bo‘ladimi, degan savol bilan ham murojaat qildi.

Robot aksariyat vaziyatlarni mustaqil hal qila oladi. Nostandart holat yuzaga kelsa, u masofadan turib ishlaydigan operatorga murojaat qiladi. Robotni qo‘l bilan ko‘tarish yoki joyidan siljitish tavsiya etilmaydi, chunki u ancha og‘ir. Korpusidagi QR-kod orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish mumkin - mutaxassislar zarur choralarni ko‘radi”, - deya tushuntirish berdi kompaniya.

Loyihaga tayyorgarlik haqida iyul oyida ma’lum bo‘lgan edi.

O‘shanda Toshkent ko‘chalarida robotlar ko‘rilgan va Yandex Uzbekistan ularni Yandex Lavka buyurtmalarini yetkazib berish uchun sinovdan o‘tkazayotganini tasdiqlagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.