Yandex Ads va Index reputatsion marketing agentligi Toshkentda GeoMarketing Workshop o‘tkazadi

Yandex Ads va Index reputatsion marketing agentligi Toshkentda GeoMarketing Workshop tashkil etadi.
Mutaxassislar biznesning geoservislardan mijozlarni jalb qilish usullari va xaritalardagi obro‘ni boshqarish yo‘llari haqida ma’lumot berishadi.
18-avgust kuni Yandex Ads va Index reputatsion marketing agentligi hamkorligida GeoMarketing Workshop bo‘lib o‘tadi. Bu O‘zbekistonda brendlarni navigatsiya xizmatlarida ilgari surishga bag‘ishlangan ilk workshop hisoblanadi. Ishtirokchilar Yandex Maps va Navigator’da tashkilotning obro‘si va profilini qanday boshqarish, shuningdek, ulardan mijozlarni samarali jalb qilish va savdolarni oshirishda qanday foydalanishni muhokama qiladilar.
Bugungi kunda chakana savdo tarmoqlari yoki jismoniy savdo nuqtalariga ega bizneslar – banklar, riteylerlar, restoranlar, developerlar, dorixonalar, avtodilerlar va boshqa o‘nlab sohalar uchun geoservislar shunchaki xaritadagi manzil ma’lumotnomasi emas, balki mijoz bilan muloqot qilishning to‘laqonli kanaliga aylanmoqda. Sharhlar, reyting, fotosuratlar va biznes kartochkasining dolzarbligi insonning aynan shu nuqtaga kelish-kelmasligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Aynan shu vazifalar Yandex Ads va Index tomonidan o‘tkaziladigan GeoMarketing Workshop’ning asosiy mavzulari bo‘ladi. Mutaxassislar xaritalarni obro‘ni boshqarish va savdolarni oshirish vositasiga qanday aylantirish mumkinligi hamda O‘zbekistondagi biznes uchun qanday ilgari surish imkoniyatlari mavjudligi haqida so‘zlab berishadi.
**Workshop spikerlari:**
**Yandex Uzbekistan tomonidan:**
* Marina Chuyko, Yandex Maps & Navi reklamasini rivojlantirish bo‘yicha rahbar;
* Liliya Fattaxova, Yandex Ads’ning Telegram’da ilgari surish uchun reklama vositalari menejeri;
* Angelina Tsoy, agentliklar bilan biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejer, Yandex Ads;
* Rasul Serik, Yandex Ads menejeri.
**Index agentligi tomonidan:**
* Jasur Pulatov, strategiya va reputatsion marketing bo‘yicha direktor;
* Shahzod Muhtarov, ORM bo‘limi rahbari.
Shuningdek, dasturda Index, Yandex Uzbekistan ekspertlari va O‘zbekistonning yirik kompaniyalari vakillari ishtirokidagi panel munozarasi ham o‘rin olgan.
**Workshop kimlar uchun foydali:**
Marketing mutaxassislari va mediabayerlar, brend-menejerlar, PR va ORM-mutaxassislari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish mutaxassislari hamda tarmoqni rivojlantirish menejerlari uchun.
**Tadbir hamkorlari:**
“Daryo.uz”, “Repost.uz”, “Kapital.uz”, “PR.uz”, Kursiv Media.
**Ro‘yxatdan o‘tish va tafsilotlar:**
Yandex Ads va Index tomonidan o‘tkaziladigan GeoMarketing Workshop 18-avgust kuni Yandex Uzbekistan ofisida bo‘lib o‘tadi. Joylar soni cheklangan, ishtirok etish oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali amalga oshiriladi.
Arizani qoldirish orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
**Tashkilotchilar:**
**Yandex Ads** — biznesga mijozlar auditoriyasini kengaytirish va savdolarni oshirishga yordam berish maqsadida Yandex Neuro Ads neyrotexnologiyalari asosida reklama platformalarini rivojlantiradi. Reklama tizimlari turli mamlakatlardan 600 000 dan ortiq reklamaberuvchilarni qamrab oladi. Ular yordamida kompaniyalar potensial mijozlarni topadilar va o‘z auditoriyalari bilan muloqotni shaxsiylashtiradilar. 90 000 dan ortiq sayt egalari, mobil o‘yinlar va ilovalar dasturchilari, blogerlar hamda mualliflar Yandex Ads reklamalarini ko‘rsatish orqali daromad oladilar.
**Index** — O‘zbekistonda brend imidjini boshqaradigan, auditoriya ishonchini shakllantiradigan va raqamli muhit hamda mediamakonda barqaror reputatsiyani barpo etadigan birinchi reputatsiya marketingi agentligidir.
**Telefon:** +998 (33) 404-66-00
**Sayt:** https://indexpr.uz
**Instagram:** @indexpr.uz
**Telegram:** @indexpr
Sheriklik huquqi asosida.

