Dunyo

Yana bir yurtdoshimiz Yaponiya ordeni bilan taqdirlandi

Alisher Oxunjonovga Yaponiyaning «Chiqayotgan quyosh, rozetkali oltin va kumush nurlar» ordeni topshirildi

Yana bir yurtdoshimiz Yaponiya ordeni bilan mukofotlandi

O‘zbekistonning Tokiodagi sobiq muvaqqat ishlar vakili Alisher Oxunjonov Yaponiyaning «Chiqayotgan quyosh, rozetkali oltin va kumush nurlar» (The Order of the Rising Sun, Gold and Silver Rays with Rosette) ordeniga sazovor bo‘ldi.

Mukofot Toshkent shahrida Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi Kenji Hirata tomonidan topshirildi.

Mazkur mukofot Alisher Oxunjonovning Yaponiya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash hamda do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ko‘p yillik hissasini e’tirof etish uchun berilgan.

Yaponiya elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Alisher Oxunjonov O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi ochilishiga sezilarli hissa qo‘shgan va O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi ilk muvaqqat vakili sifatida ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashgan.

Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib, Toshkent shahridagi yapon harbiy asirlari qabristonini obodonlashtirishga katta hissa qo‘shgan.

So‘nggi yillarda bir qator yurtdoshlarimiz Yaponiyaning nufuzli mukofotiga sazovor bo‘ldi.

2024-yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Xalq rassomi Akmal Nurga (Nuriddinov) Yaponiya imperatorining «Chiqayotgan quyosh ordeni, Oltin nurli bo‘yin tasmasi» (Order of the Rising Sun, Gold Rays with Neck Ribbon) mukofoti topshirilgandi.

2023-yilda O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov «Chiqayotgan quyosh katta kordon» ordeni bilan taqdirlangan.

2022-yilda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga «Chiqayotgan quyosh katta kordon» ordeni topshirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.