Yana bir Turkiya arzon aviakompaniyasi Uzbekistonning uchta shahriga reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda
Turkiyaning Pegasus Airlines loukosteri Oʻzbekistonning uchta shahri — Andijon, Buxoro va Termizga muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Aviakompaniya saytida Andijon va Buxoroga dekabr oyi uchun chiptalar ochib boʻlingan. Bir tomonga uchish narxi 87 yevrodan yoki taxminan 1,165 mln soʻmdan boshlanadi. Reyslar Istanbulning Sabiha Goʻkchen nomidagi aeroportidan amalga oshiriladi. Boshlanishi haqidagi maʼlumot […]

Yana bir Turkiya loukosteri Oʻzbekistonning uchta shahriga reyslarni yoʻlga qoʻymoqchi
Turkiyaning byudjet aviakompaniyasi Pegasus Airlines Andijon, Buxoro va Termizga muntazam reyslarni ochishni rejalashtirmoqda. Tashuvchining veb-saytida Andijon va Buxoroga dekabr oyi uchun chiptalarni sotib olish mumkin. Bir tomonga uchish narxi 87 yevrodan yoki taxminan 1,165 mln soʻmdan boshlanadi.
Parvozlar Istanbuldagi Sabiha Goʻkchen nomidagi aeroportdan amalga oshiriladi.
Termizga chiptalar sotuvi boshlanishi haqidagi maʼlumotlar dastlabki xabarda keltirilmagan.
Oldinroq Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi boshqa aviareyslar haqida ham xabar berilgan edi. Xususan, Toshkent — Izmir yoʻnalishida haftasiga uchta reys koʻzda tutilgan boʻlib, chiptalar narxi 1,8 mln soʻmdan boshlanadi.

