Mahalliy

Xususiy taʼlim muassasalarida ichki ishlar organlari inspektori lavozimi joriy etilishi mumkin

Xususiy maktablar va boshqa taʼlim muassasalarida bulling, zoʻravonlik, giyohvandlik va huquqbuzarliklarning oldini olish uchun ichki ishlar organlari xodimlari lavozimlarini joriy etish taklif qilindi. Bu Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan qaror loyihasida nazarda tutilgan.

Xususiy taʼlim muassasalarida ichki ishlar organlari inspektori lavozimi joriy etilishi mumkin

Nodavlat (xususiy) taʼlim tashkilotlarida huquqbuzarliklarning oldini olish uchun ichki ishlar organlari xodimi lavozimini joriy etish taklif qilindi. Bu Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida nazarda tutilgan. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan.

Loyihaga koʻra, 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab nodavlat taʼlim tashkilotlarida muassasalarning oʻz mablagʻlari hisobidan yangi shtat birliklarini tashkil etishga ruxsat berish taklif etilmoqda.

Loyihada oliy taʼlim muassasalarida profilaktika boʻyicha katta inspektor va xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor, oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida esa voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha (katta) inspektor-psixolog lavozimini joriy etish nazarda tutilgan.

Inspektorning asosiy vazifalari qatoriga oʻquvchi va talabalar oʻrtasida huquqbuzarliklar, zoʻravonlik, bulling, giyohvandlik va ekstremistik gʻoyalar taʼsirining oldini olish kiradi. Ular, shuningdek, huquqbuzarliklarga imkon beruvchi omillarni aniqlash va bartaraf etishda ishtirok etadilar.

Hujjat loyihasida tazyiq va zoʻravonlikka uchragan oʻquvchilarning huquqlari va xavfsizligini taʼminlash choralari ham nazarda tutilgan.

Loyihaga koʻra, nodavlat taʼlim tashkilotlari ichki ishlar organlari xodimlari uchun xizmat xonasi ajratishi, uni taʼmirlashi hamda mebel, aloqa vositalari va kompyuter bilan taʼminlashi kerak boʻladi.

Loyiha muhokamasi 3 noyabrgacha davom etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.