Sport

Xulian Alvaresda “Atletiko”ni tark etish uchun yana bir imkoniyat bor — Mundo Deportivo

Xulian Alvaresda "Atletiko"ni tark etish uchun yana bir imkoniyat borligi ma'lum bo'ldi, deb xabar beradi Mundo Deportivo. "Atletiko Madrid" hujumchisi argentinalik futbolchi amaldagi shartnomasini bir tomonlama bekor qilib, boshqa jamoaga o'tish imkoniyatiga ega.

Ispaniyalik jurnalist Ramon Fuentesning Mundo Deportivo nashrida yozishicha, bu imkoniyat professional sportchilarning mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi 1006-sonli qirollik farmonida ko'zda tutilgan.

Agar Alvares shartnomani bir tomonlama bekor qilishga qaror qilsa, "Atletiko"ga to'lanadigan tovon puli masalasi sudda ko'rib chiqiladi va yakuniy summa ham sud tomonidan belgilanadi.

Bunda argentinalik futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 490 million yevrolik tovon puli majburiy ravishda qo'llanmasligi mumkin. Kompensatsiya miqdori shartnomaning bekor qilinish sabablari hamda uning amal qilish muddatiga qarab belgilanadi. Alvaresning "Atletiko Madrid" bilan shartnomasi 2030-yilgacha mo'ljallangan.

Biroq, agar futbolchi shartnomani bekor qilganidan keyin bir yil ichida "Barselona" bilan kelishuvga erishsa, kataloniyaliklar ham sud tomonidan belgilangan tovon pulining bir qismini to'lashga majbur bo'lishi mumkin.

Shu bilan birga, sud jarayoni Alvaresning boshqa klubga o'tishiga to'sqinlik qilmaydi. Ramon Fuentesga ko'ra, "Barselona" futbolchi bilan shartnoma imzolab, uni La Ligada ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Buning uchun sudning yakuniy qarorini kutish shart emas.

Ma'lumot uchun, Xulian Alvares 2024-yilning yozida "Manchester Siti"dan "Atletiko"ga o'tgan. Madrid klubi uning transferi uchun 75 million yevro to'lagan. Argentinalik hujumchi shundan buyon "matraschilar" safida 107 ta o'yin o'tkazib, 49 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 120 million yevroga baholamoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.