Sport

“Xudoning qo‘li” va “Asr goli”: Maradonaning mashhur to‘pi auksionda sotildi

**"Xudoning qo‘li" va "Asr goli" to‘pi 3,35 million dollarga sotildi**

Argentinalik futbol afsonasi Diego Maradonaning 1986-yilgi Jahon Chempionatida "Xudoning qo‘li" va "Asr goli" kiritilgan mashhur to‘pi Dallasdagi Heritage Auctions kimoshdi savdosida 3,35 million dollarga xaridor topdi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ushbu "Adidas Azteca" to‘pi sport tarixidagi eng qimmatbaho buyumlar qatoriga kirib, kamida 10 million dollar keltirishi kutilgan edi. Biroq, yakuniy narx kutilganidan ancha past bo‘ldi.

Bu tarixiy to‘p 36 yil davomida Argentina va Angliya (2:1) terma jamoalari o‘rtasidagi o‘sha uchrashuvni boshqargan tunislik hakam Ali Bin Nosirning uyida saqlangan. Keyinchalik, u 2022-yilda Londonda o‘tkazilgan auksionda 2,37 million dollarga (2 million funt) sotilgan edi. Endilikda esa u yanada yuqori narxda yangi egasiga o‘tdi. Garchi to‘p kutilgan rekordni yangilay olmagan bo‘lsa-da, Maradonaning aynan o‘sha o‘yinda kiygan libosi 2022-yilda auksionda 9,3 million dollarga sotilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 1986-yilgi tarixiy bahsda Maradona uchrashuvdagi ilk golni inglizlar posboni Piter Shilton bilan havodagi kurashda chap qo‘li yordamida kiritgan edi. Hakam qoidabuzarlikni sezmagach, gol inobatga olingan va bu vaziyat keyinchalik futbolchining o‘zi tomonidan "Xudoning qo‘li" deb ta’riflangan. Oradan atigi to‘rt daqiqa o‘tib, Argentina sardori o‘z jarima maydonchasidan hujum boshlab, Angliyaning besh nafar futbolchisini aldab o‘tgan holda ikkinchi marta darvozani ishg‘ol qilgan. Keyinchalik bu FIFA tomonidan "Asr goli" deb e’tirof etilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.