Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun davlat granti tanloviga arizalar qabuli boshlandi
Tanlovda xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining Oʻzbekistondagi filiallari va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining kunduzgi taʼlim shakliga qabul qilingan, davlat granti kvotalari ajratilgan taʼlim sohalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun davlat granti tanloviga ariza topshirish boshlandi
Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari talabalariga ajratilgan maqsadli davlat grantlari tanlovida qatnashish uchun arizalar qabul qilinmoqda.
Arizalar 2026-yil 10-oktabrdan 17-oktabrgacha, shu kuni ham, my.uzbmb.uz manzili orqali qabul qilinadi.
Tanlovda xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining Oʻzbekistondagi filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining kunduzgi taʼlim shakliga qabul qilingan, davlat granti kvotalari ajratilgan taʼlim sohalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
Talabalar tegishli taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan fanlar majmuasi boʻyicha saralash imtihonlarida qatnashadi. Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladi.
Joriy yilda davlat oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida mos fanlar majmuasi boʻyicha qatnashgan talabalar ham oʻzlari toʻplagan ballar bilan tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Davlat grantlari belgilangan minimal oʻtish balini toʻplagan talabalar orasidan ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda, ajratilgan kvotalar doirasida taqsimlanadi.
Tanlov yakuniga koʻra davlat grantiga tavsiya etilgan talabalarga grant butun oʻqish muddati uchun beriladi. Bunda grant olgan talabalar oʻqishni tugatgach, belgilangan tartibda davlat yoki davlat ulushi mavjud tashkilotlarda kamida 3 yil ishlash majburiyatini oladi.

