Mahalliy

Xorijiy parlamentlar vakillari Samarqandda oʻtkazilgan yosh parlamentariylar XII global konferensiyasini yuqori baholashdi

Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Tanzaniyaning Arusha shahrida boʻlib oʻtgan Parlamentlararo ittifoqning 153-Assambleyasida ishtirok etdi.

Xorijiy parlamentlar vakillari Samarqandda boʻlib oʻtgan yosh parlamentariylar XII global konferensiyasini yuksak baholadi

Assambleyada demokratik institutlarni mustahkamlash, jamoatchilik ishonchini oshirish, teng imkoniyatlarni taʼminlash va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva yigʻilish qatnashchilariga joriy yil sentabr oyida Samarqandda oʻtkazilgan Parlamentlararo ittifoq Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi yakunlari haqida maʼlumot berdi.

Konferensiyada global muammolar sharoitida inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha parlament yechimlarini ishlab chiqish, BMTning «Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik» kun tartibini ilgari surish, raqamli platformalarni masʼuliyatli tartibga solish hamda yoshlarning qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda yosh parlamentariylarning oʻrni va imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Xorijiy parlament vakillari Samarqanddagi konferensiyaning tashkil etilish darajasi, xalqaro miqyosi va natijalarini yuqori baholadi. Konferensiya yakuniy hujjatining amaliy ahamiyati hamda Oʻzbekistonning yoshlar parlament diplomatiyasini rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi alohida qayd etildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.