Xorijiy investorlar kengashi va EUROUZ memorandum imzoladilar
Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi va EUROUZ Yevropa investitsiyalarini jalb qilish va biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Xorijiy investorlar kengashi va EUROUZ memorandum tuzdilar
Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi va Yevropa-Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) yevropalik kompaniyalar bilan ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash hamda mamlakatga investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Hujjat davlat organlari va biznes hamjamiyati oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishni, shuningdek, Oʻzbekiston bozoriga kirishdan manfaatdor boʻlgan yevropalik kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi.
Tomonlar birgalikda ishbilarmonlik tadbirlari va biznes-delegatsiyalar tashriflarini oʻtkazish, tajriba va bozorlar haqidagi axborotni almashishga koʻmaklashish, shuningdek, Yevropa biznesining oʻzbekistonlik hamkorlar bilan oʻzaro aloqalari imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Memorandum tashkilotlar oʻrtasidagi uzoq muddatli sheriklik uchun asos boʻlishi va Oʻzbekiston hamda Yevropa mamlakatlari oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

