Mahalliy

Xorijiy fondlardan Movarounnahr mutafakkirlarining 458 ta elektron qoʻlyozmasi toʻplandi

Xorijiy fondlardan Movarounnahr mutafakkirlarining 458 ta elektron qoʻlyozmasi toʻplandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2026 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yakunlarini sarhisob qildi. Ushbu davrda markaz mutaxassislari tomonidan buyuk ilohiyotshunos va mutafakkirlar, jumladan, Imom Buxoriy, Imom Zarnujiy va Imom Gʻazoliyning 7 ta nodir asari oʻzbek tiliga tarjima qilindi.

«Jaholatga qarshi maʼrifat» shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat doirasida markaz tomonidan 190 ta tadbir oʻtkazildi. Raqamli platformalarda 298 ta videodars, 165 ta qisqa videorolik hamda 385 ta audio va videoraddiya joylashtirildi. Ilmiy yoʻnalishda 19 ta ilmiy nashr va 39 ta maqola tayyorlandi, xorijiy fondlardan esa «Sahih al-Buxoriy» asari va Movarounnahr mutafakkirlari merosiga oid qoʻlyozmalarning 458 ta elektron nusxasi toʻplandi.

Xalqaro hamkorlik sohasida markaz 130 dan ortiq tadbir tashkil etdi va xorijiy universitetlar hamda ilmiy markazlar bilan 10 ta memorandum imzoladi. Bundan tashqari, dunyoning 6 mamlakatidan 12 nafar tadqiqotchi tashkilot bazasida ilmiy stajirovka oʻtadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.