Mahalliy

Xorijdan qaytgan oʻzbekistonliklar 60 million soʻmgacha grant olishlari mumkin boʻladi

Xorijdan qaytgan oʻzbekistonliklar 60 mln soʻmgacha grant olishlari mumkin

Xorijda ishlab, Oʻzbekistonga qaytgan fuqarolar uchun grant tanlovi eʼlon qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Tanlov agentlik tomonidan Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikda, Shvetsiya Adliya vazirligining moliyaviy koʻmagida oʻtkazilmoqda.

Unda xorijda ishlab, Oʻzbekistonga 2025–2026 yillarda qaytgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Xotin-qizlarning faol ishtiroki alohida qoʻllab-quvvatlanadi.

Tanlovda aniq va asoslangan biznesni rivojlantirish gʻoyasiga, yangi ish oʻrinlari yaratish imkoniyatiga, shuningdek, faoliyat koʻrsatayotgan biznesning barqarorligi va samaradorligiga ustuvorlik beriladi.

Gʻoliblar oʻz bizneslarini rivojlantirish uchun 60 mln soʻmgacha grant olishlari mumkin boʻladi.

Arizalar 21 sentyabrgacha qabul qilinadi.

Bundan avval Shvetsiya va Polsha migratsiya qonunchiligini buzgan 27 nafar fuqaro Oʻzbekistonga qaytarilgani maʼlum boʻlgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.