Xorijda ishlayotgan oʻzbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar undirildi
2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida xorijda mehnat qilayotgan 817 nafar Oʻzbekiston fuqarosining ish haqi va kompensatsiya masalalariga oid murojaatlari koʻrib chiqilib, ularning foydasiga jami 850 ming AQSh dollari undirib berildi. Bundan tashqari, ish beruvchilar va vositachilardan 532 nafar fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari qaytarib olindi.

Xorijda ishlayotgan oʻzbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar undirildi
Migratsiya agentligi tomonidan tomonidan toʻqqiz oy davomida xorijdagi oʻzbekistonliklarning ish haqi, hujjatlar va ish bilan bogʻliq muammolarini hal etish choralari koʻrildi.
Ish haqi va kompensatsiyalarni undirish boʻyicha eng koʻp holat Rossiyada qayd etildi. Davlatlar kesimida koʻrsatkichlar quyidagicha:
Rossiya — 533 ta holat;
Turkiya — 155 ta holat;
Janubiy Koreya — 92 ta holat; boshqa davlatlar — 37 ta holat.
Ushbu murojaatlar boʻyicha xorijiy ish beruvchilardan fuqarolar foydasiga jami 850 ming dollar undirildi.
Bundan tashqari, vositachilar va xorijiy ish beruvchilarda qolib ketgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni kaytarishda yordam koʻrsatildi. Natijada 532 nafar vatandoshning hujjatlari kaytarildi: Rossiyada — 331 ta holat; Turkiyada — 185 ta holat; Qozogʻistonda — 11 ta holat; Janubiy Koreyada — 5 ta holat.
Bot orqali murojaatlar kechayu kunduz qabul qilinadi.

