Mahalliy

Xorazmda deputatlar kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlaydi

Xorazm viloyatida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha deputatlik va jamoatchilik nazoratining yangi tizimi joriy etiladi. Unga ko‘ra, deputatlar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan individual reja asosida ishlab, ularning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashadi.

Xorazmda deputatlar kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlaydi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida ishsizlik va kambag‘allikni kamaytirish, muhtoj oilalarni ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlarni o‘rgandi.

Senat raisi Xiva va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi “og‘ir” toifaga kiritilgan G‘ovuk va Shixmashhad mahallalarida bo‘lib, aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.

G‘ovuk mahallasida mebel, eshik va deraza romlari ishlab chiqarish aholining asosiy daromad manbalaridan biriga aylangan. Mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, Hunarmandchilik markazini tashkil etish, ustalar uchun zarur sharoitlar yaratish va ishlab chiqarishni klaster usulida yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Shixmashhad mahallasida esa hunarmandchilik va bog‘dorchilik asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi. Bu yerda 100 dan ortiq hunarmand xonadonlari faoliyat yuritib, naqsh o‘ymakorligi asosida yog‘och mahsulotlari tayyorlamoqda. Mahsulotlar Qoraqalpog‘iston va boshqa hududlarga ham yetkazib berilmoqda.

Viloyat oldiga yil yakuniga qadar ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududlarni shakllantirish vazifasi qo‘yilgan. Prezidentning Xorazm viloyatiga tashrifi davomida 81 ming kishini kambag‘allikdan chiqarish va 39 ming ishsiz fuqaroning bandligini ta’minlash belgilangan.

Shu maqsadda Senat tomonidan mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan yangi tizim ishlab chiqildi.

Unga muvofiq, har bir deputat o‘zi saylangan okrugdagi mahallalarda “mahalla yettiligi” va jamoat tashkilotlari vakillari bilan birgalikda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qiladi. Deputatlar muammolarni aniqlash bilan cheklanmay, ularni hal etishda mas’ul tashkilotlarga amaliy yordam ko‘rsatish, ijroni kuzatish va yakuniy natijani baholashda ham ishtirok etadi.

Ayniqsa, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan individual reja asosida ishlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratiladi.

Amalga oshirilayotgan ishlar har hafta doimiy komissiyalar tomonidan o‘rganiladi. Natijalar esa har oy mahalliy kengashlar sessiyalarida muhokama qilinib, mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitiladi.

Yangi tizimni Xorazm viloyatidagi 348 nafar deputat faoliyatiga hamda 509 ta mahallaga tatbiq etish bo‘yicha vazifalar belgilangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.