Xoʻjaobodda 80% robotlashtirilgan aqlli suv hisoblagichlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xoʻjaobod tumanidagi aqlli suv hisoblagichlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan texnoparkka tashrif buyurdi. Korxona yiliga 1 million donagacha qurilma ishlab chiqaradi. Qiymati 25 million dollarlik ishlab chiqarish Xitoyning Sanchuan kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Bu yerdagi jarayonlarning qariyb 80 foizi robotlashtirilgan. Huawei ishtirokida ishlab chiqilgan 5G texnologiyasiga asoslangan hisoblagichlar suv sarfi va sifatini, uskunalar holatini hamda balansni onlayn tarzda kuzatish imkonini beradi. Ishlab chiqarish kiradi […]

Xoʻjaobod tumanida 80% robotlashtirilgan aqlli suv hisoblagichlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xoʻjaobod tumanidagi texnoparkda boʻlib, u yerda tashkil etilgan aqlli suv hisoblagichlari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Korxona yiliga 1 million donagacha qurilma ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Xitoyning «Sanchuan» kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan loyihaning qiymati 25 million dollarni tashkil etadi. Bu yerda jarayonlarning qariyb 80 foizi robotlashtirilgan.
5G texnologiyasi asosida ishlaydigan va «Huawei» ishtirokida ishlab chiqilgan hisoblagichlar suv sarfi va sifatini, uskunalar holatini hamda balansni onlayn tarzda kuzatish imkonini beradi.
Ushbu ishlab chiqarish quvvati 100 gektar maydonda tashkil etilayotgan «Andijon texnoparki» tarkibiga kiradi. U yerda 51 ta korxonani joylashtirish va 3 mingta ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.

