Siyosat

Xizmat sifati va shaffof boshqaruv: Raqamli hukumatda yangi yondashuv

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida ISO 37001 va ISO 9001 standartlariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil

Xizmat ko‘rsatish sifati va shaffof boshqaruv: Raqamli hukumatda yangi yondashuv

Zamonaviy boshqaruv tizimida xizmatlar sifatini oshirish va korrupsiyaning oldini olish bir-biriga chambarchas bog‘liq jarayonlardir. Bu maqsadga erishish uchun har bir faoliyat shaffof va aniq nazorat ostida bo‘lishi zarur.

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida tashkil etilgan navbatdagi o‘quv seminari aynan shu tamoyillarni amaliyotga chuqur joriy etishga bag‘ishlandi.

"CERT International" xalqaro tashkiloti ekspertlari ishtirokida o‘tkazilgan mashg‘ulotda Markaz xodimlariga xalqaro ISO 37001 va ISO 9001 standartlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Xalqaro auditor Alisher Alimov va konsultant Bekzod Yusupov ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni oldindan baholash hamda audit jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Bunday o‘quv tadbirlari Markazda korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini yanada mustahkamlash va xizmatlar sifatini xalqaro talablar darajasida doimiy ravishda takomillashtirib borishga xizmat qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.