Xivada Silk Road Uzbekistan xalqaro yugurish musobaqalari seriyasi davom etadi
2026 yil 13 sentyabr kuni ertalabki soat ____da Arda Khiva turistik majmuasi hududida Silk Road Uzbekistan xalqaro yugurish musobaqalari turkumining kuzgi bosqichi boshlanadi. Sport tadbiri Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlardan kelgan professional atletlar, talabalar hamda yugurish havaskorlarini birlashtiradi. Arda Khiva — bu anʼanaviy tarixiy motivlar hordiq chiqarish uchun moʻljallangan zamonaviy infratuzilma bilan uygʻunlashgan yangi turistik va madaniy majmuadir, […]

Silk Road Uzbekistan xalqaro yugurish musobaqalari seriyasi Xivada davom etadi
2026 yil 13 sentyabr kuni ertalabki soat ____da Arda Khiva turistik majmuasi hududida Silk Road Uzbekistan xalqaro yugurish musobaqalari seriyasining kuzgi bosqichi boshlanadi. Ushbu sport tadbiri Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlardan professional sportchilar, talabalar hamda yugurish havaskorlarini birlashtiradi.
Arda Khiva — anʼanaviy tarixiy motivlar dam olish, sayohat va ommaviy tadbirlar uchun zamonaviy infratuzilma bilan uygʻunlashgan yangi turistik va madaniy majmuadir. U Xivaning YUNESKO Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan tarixiy markazi — Ichan-Qalʼadan toʻrt kilometr uzoqlikda joylashgan.
Oʻzbekiston shaharlari boʻylab yugurish musobaqalari seriyasi tashkilotchilari Markaziy Osiyo yugurish va yurish akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hisoblanadi. Loyiha «Oʻzbektelekom» AK va Oʻzbekiston Milliy banki koʻmagida amalga oshirilmoqda.
«Silk Road yugurish musobaqalari nafaqat sport bellashuvlari, balki yugurish, sayohat va mamlakatning madaniy merosi, eng avvalo, Buyuk ipak yoʻli tarixi bilan tanishishni birlashtirish imkoniyatidir. Arda Khiva’dagi musobaqa yorqin taassurotlar taqdim etishiga va Oʻzbekiston hamda butun Markaziy Osiyoda yugurish madaniyatini rivojlantirishda yangi bosqich boʻlishiga ishonaman», — dedi Markaziy Osiyo yugurish va yurish akademiyasi direktori Shuhrat Usmonov.
Dasturga 5 va 10 km masofaga yugurish, skandinavcha yurish boʻyicha musobaqalar, shuningdek, 2018 — 2021 yillarda tugʻilgan ishtirokchilar uchun 250 va 500 metr masofaga Kids Run bolalar startlari kiritilgan.
Yugurish havaskorlari bilan birga startga Xorazm viloyatidagi yetakchi oliy oʻquv yurtlarining talabalari — Talaba Yugur harakati ishtirokchilari ham chiqadilar. Ular oʻz taʼlim muassasalari nomidan ishtirok etib, hududda sport, jismoniy faollik va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda eng faol oliy taʼlim muassasasi unvoni uchun kurashadilar.
Dasturda Silk Road Uzbekistan loyihasining ajralmas qismi boʻlgan Inson Uchun inklyuziv yugurish musobaqasi alohida oʻrin tutadi. Uning ishtirokchilari birinchi boʻlib startga chiqadilar va Arda Khiva majmuasi hududi boʻylab oʻtuvchi, ular uchun maxsus tayyorlangan bir kilometrlik masofani bosib oʻtadilar.
Silk Road Khiva musobaqasining umumiy sovrin jamgʻarmasi 69 million soʻmni tashkil etadi. Pul mukofotlari erkaklar va ayollar oʻrtasida birinchidan oltinchigacha boʻlgan oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar uchun koʻzda tutilgan. 10 km masofada quyidagi mukofotlar belgilangan: 1-oʻrin — 6 mln soʻm, 2-oʻrin — 5 mln, 3-oʻrin — 4 mln, 4-oʻrin — 3 mln, 5-oʻrin — 2 mln, 6-oʻrin — 1 mln soʻm; 5 km masofada: 1-oʻrin — 3,5 mln soʻm, 2-oʻrin — 3 mln, 3-oʻrin — 2,5 mln, 4-oʻrin — 2 mln, 5-oʻrin — 1,5 mln, 6-oʻrin — 1 mln soʻm.
Kids Run gʻolib va sovrindorlariga tashkiliy qoʻmita va hamkorlarning qimmatbaho sovgʻalari topshiriladi.
Ishtirok etish narxi tanlangan masofaga qarab 100 000 soʻmdan 200 000 soʻmgacha tashkil etadi. Start paketiga chipli koʻkrak raqami va toʻgʻnogʻichlar toʻplami, ryukzak, kepka hamda professional sportchilar va havaskorlar uchun ekipirovka ishlab chiqaruvchi yetakchi brendlardan biri — Ispaniyaning Joma sport brendi futbolkasi kiradi.
Tanlangan masofani bosib oʻtgan har bir ishtirokchi esdalik medali bilan taqdirlanadi. ch
Start paketini 11 va 12 sentyabr kunlari soat 10:00 dan 20:00 gacha Boltayev koʻchasi, 41-uy (moʻljal: Ichan-Qalʼa) manzilidagi musobaqa Eksposida olish mumkin.
Navbatdagi yugurish musobaqalari 27 sentyabrda Shahrisabzda va 11 oktyabrda Andijonda boʻlib oʻtadi.

