Mahalliy

Xivada «aqlli shahar» barpo etish loyihasiga kirishildi

Pokistonning Habib Rafiq Engineering (Pvt.) Ltd. kompaniyasi Xiva shahrida «aqlli shahar» barpo etish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishga kirishdi. Loyiha shahar hududini kengaytirish, yangi turar joylar, ijtimoiy va tijorat obyektlari hamda zamonaviy infratuzilma qurishni nazarda tutadi.

Xivada «aqlli shahar» qurish loyihasiga start berildi. «Dunyo» axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, tashabbus O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi, Xorazm viloyati hokimligi va kompaniya o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida amalga oshirilgan.

Loyiha doirasida Xivaning yangi qismini zamonaviy shaharsozlik tamoyillari asosida barpo etish ko‘zda tutilgan. Hududda turar joy majmualari, ijtimoiy va tijorat obyektlari, transport hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, kommunal xizmat ko‘rsatish obyektlari bosqichma-bosqich qurilishi rejalashtirilgan.

Loyihani ilgari surish maqsadida elchixona ko‘magida kompaniya delegatsiyasining Xorazm viloyatiga bir necha bor tashrifi uyushtirilgan. Safarlar chog‘ida loyiha uchun ajratilayotgan hududlar joyiga chiqib o‘rganilgan.

Shuningdek, kompaniya va Xorazm viloyati hokimligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan.

Habib Rafiq Engineering loyihada Pokistonda yirik shaharsozlik va infratuzilma obyektlarini barpo etish bo‘yicha to‘plagan tajribasidan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Xabarda investitsiya miqdori, loyiha maydoni va uni yakunlash muddatlari ochiqlanmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.