Dunyo

Xitoyda ilk bor bemorning uzilib ketgan oyoqlari qayta ulandi

**Xitoyda bemorning uzilgan ikkala oyog‘i ilk bor muvaffaqiyatli qayta ulandi**

Xitoyda jarrohlar baxtsiz hodisa natijasida uzilib ketgan bemorning ikkala oyog‘ini qayta tiklashga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda China Press nashri xabar berdi.

51 yoshli bemor 2024-yil oxirida zavodda ishlayotgan vaqtida ikkala oyog‘idan ayrilgan edi. Sharqiy Xitoydagi Juyxua ortopediya shifoxonasi jarrohlari tomonidan amalga oshirilgan operatsiya qariyb sakkiz soat davom etdi. Bu, son qismidan to‘liq uzilib ketgan ikkala oyoqni qayta ulash bo‘yicha dunyodagi birinchi muvaffaqiyatli holat sifatida qayd etildi.

Travmatologiya bo‘limi mudiri Li Changsunning ma’lumotlariga ko‘ra, erkak hozirda yurish moslamasi yordamida uyida mustaqil harakatlana oladi. Shuningdek, uning oyoqlarining to‘piqdan yuqori qismidagi sezuvchanlik tiklangan. Shifokorlar bemorning bir-ikki yil ichida yurish moslamasi va qo‘ltiqtayoqlarsiz mustaqil harakatlana olishini taxmin qilmoqdalar. Reabilitatsiya jarayoni davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Xitoyda dunyoda ilk bor miya o‘limi qayd etilgan bemorga cho‘chqa jigari va buyraklari ko‘chirib o‘tkazilgan edi. Transplantatsiya qilingan a’zolar besh kun davomida normal ishlagan, biroq bemor oilasining iltimosiga ko‘ra tadqiqot yakunlangan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.