Siyosat

Xitoyda Hubey provinsiyasi sobiq partiya rahbari o‘limga hukm qilindi

Xitoyda Xubey provinsiyasining sobiq partiya rahbari o‘lim jazosiga mahkum etildi.

Xitoy Kommunistik partiyasining Xubey provinsiyasi bo‘yicha sobiq kotibi 111 million dollar miqdorida pora olganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Nankin shahar xalq sudi Jiang Chaoliangga nisbatan hukm chiqardi. Ish materiallariga ko‘ra, u 746 million yuandan ortiq pora olganlikda aybdor deb topildi. Sud ushbu hukmning ijrosini ikki yilga kechiktirdi.

Agar Chaoliang shu muddat ichida yangi jinoyat sodir etmasa, o‘lim jazosi umrbod qamoq jazosiga almashtiriladi. Bunda u muddatidan oldin ozod qilinmaydi va jazosi yengillashtirilmaydi.

Chaoliang 2016-yil oktyabridan 2020-yil fevraligacha partiya kotibi lavozimida ishlagan. Bungacha u Jilin provinsiyasi gubernatori, Xitoy Qishloq xo‘jaligi banki gubernatori, Xitoy Taraqqiyot banki prezidenti va Aloqa banki raisi kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Tergovchilarning ta’kidlashicha, u 1995-yildan 2025-yilgacha shartnomalar tuzishda hamda turli kompaniyalar va shaxslarga yordam berishda o‘z mansab mavqeidan foydalanib kelgan.

Avvalroq 41 million dollarlik korrupsiyada ayblangan sobiq amaldorning o‘limga hukm qilingani haqida xabar berilgandi. Nankin shahri Xalq vakillari kengashi qo‘mitasining sobiq rahbari Long Siang pora olish, o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va insayderlik uchun ikki yillik kechiktirish sharti bilan hukm qilingan edi. Sud uni umrbod siyosiy huquqlaridan mahrum etgan va barcha shaxsiy mol-mulkini davlat hisobiga musodara qilishni buyurgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.