Sport

Xitoyda 6 yoshli qiz Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi (video)

Xitoyda 6 yoshli qiz Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi (video)

Olti yoshli xitoylik qiz Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon rekordini yangiladi. Uning o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,27 soniyani tashkil etdi, deb yozadi BBC.

“Olti yoshli qiz Xitoyning Guanchjou shahrida o‘tkazilgan GraDUAL 3x3 IV 2026 musobaqasida Rubik kubigini besh marta yig‘ib, o‘rtacha 4,27 soniyalik natija qayd etdi va ayollar o‘rtasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi”, deyiladi xabarda.

Nashr yozishicha, shu tariqa Lyan Yunchji o‘zining avvalgi rekordini ham yangilagan. U avval Uxan shahrida Rubik kubigini o‘rtacha 4,52 soniyada yig‘ib, rekord o‘rnatgandi.

Taqqoslash uchun, erkak sportchilar orasida 3×3 Rubik kubigini besh urinish natijasi bo‘yicha eng tez yig‘gan sportchi ham xitoylik Yixen Van hisoblanadi. World Cube Association maʼlumotiga ko‘ra, u 2026-yilda Xitoyda o‘tkazilgan musobaqada kubikni o‘rtacha 3,51 soniyada yig‘ib, jahon rekordini o‘rnatgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.