Xitoyda özbekistonliklar uçun taʼlim dasturlari rejalaştirilmoqda
Xitoyning Szyasin Nanyan politexnika institutida özbekistonlik talabalar uçun ikki va uç yillik taʼlim dasturlarini yölga qöyiş muhokama qilindi. Xitoy tomonining moddiy kömagi nazarda tutilayotgan dasturlar sunʼiy intellekt, yangi energetika, muhandislik va boşqa yönalişlarni qamrab olişi rejalaştirilgan.

Xitoyda o‘zbekistonliklar uchun ta’lim dasturlari rejalashtirilmoqda
«Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Shanxaydagi konsulxonasi diplomatlari Chjetszyan provinsiyasiga safari chog‘ida institut prorektori Livey Fen bilan uchrashgan.
Muzokaralarda akademik almashinuv, o‘zbekistonlik talabalar uchun uzoq muddatli ta’lim dasturlari hamda talaba va o‘qituvchilar uchun qisqa muddatli kurslar tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Ta’limni muhandislik, hamshiralik ishi, transport, to‘qimachilik sanoati, elektromobillarni ta’mirlash, yangi energetika va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Tomonlar amaliy tayyorgarlikka ham alohida e’tibor qaratgan. O‘zbekistonlik talabalarning Szyasin shahridagi yetakchi ishlab chiqarish korxonalari, tibbiyot muassasalari, metropoliten va temir yo‘l vokzallarida kasbiy tajriba orttirishi ko‘zda tutilgan.
Xitoy tomoni O‘zbekiston texnikumlari bilan hamkorlik mexanizmlarini muhokama qilish va kelishuvlar imzolash uchun 2026-yil noyabrda Livey Fen boshchiligidagi delegatsiyani O‘zbekistonga yuborishga tayyorligini bildirgan.
Szyasin Nanyan politexnika instituti 2002-yilda Shanxay Szyao Tun universiteti ko‘magida tashkil etilgan xususiy professional oliy ta’lim muassasasidir. Unda qariyb 12 ming talaba tahsil oladi. Institutning yettita ixtisoslashtirilgan maktabida 30 dan ortiq mutaxassislik bo‘yicha ta’lim beriladi.

