Xalqaro hamkorlar safini kengaytirish bosh maqsadimiz boʻlib qoladi - Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakat rahbari bilan birga Qoraqalpogʻistondagi qator obektlarda boʻldi. Jumladan, tashrif davomida yangi tibbiyot akademiyasi, sanoat korxonalari hamda intensiv bogʻlarni koʻzdan kechirib, aholi bandligini taʼminlash va odamlar daromadini oshirish borasida yaratilayotgan sharoitlar koʻzdan kechirilgan.

Xalqaro hamkorlar safini kengaytirish bosh maqsadimiz bo‘lib qoladi — Saida Mirziyoyeva
“Tashrifning asosiy voqeasi energetika, sanoat, transport, tibbiyot, raqamli infratuzilma va boshqa yo‘nalishlardagi bir qator yirik loyihalarga start berilgani bo‘ldi.
Ularning aksariyati nufuzli xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘istonga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi ortib, yangi salmoqli loyihalar ko‘paymoqda. Bu — mamlakatimizga bo‘lgan yuksak ishonch hamda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarning amaliy tasdig‘idir.
Biz yo‘limizda qat’iy davom etamiz: sarmoyalar oqimini yanada kuchaytirish, xalqaro hamkorlar safini kengaytirish va ko‘lami bundan-da ulkan yangi loyihalarni ishga tushirish bosh maqsadimiz bo‘lib qoladi”, deb yozdi Mirziyoyeva.

