«Xalaqit berganlarga ham rahmat»: Ali Hamrayev Golden Globes mukofoti ortida nima turganini soʻzlab berdi
Toshkentda Golden Globes Meridian Award mukofotini olgan oʻzbek rejissyori Ali Hamrayev oʻz nutqining bir qismini oʻziga yordam berganlarga va ataylab xalaqit berganlarga bagʻishladi. U, shuningdek, oʻn yoshida Charli Chaplinning «Katta shahar chiroqlari» filmini koʻrib, hayotini kinoga bagʻishlashga qaror qilgani haqida soʻzlab berdi. Rejissyor oʻz chiqishini biz bilan baham koʻrdi. 23–24 oktyabr kunlari […]

«Xalaqit berganlarga ham rahmat»: Ali Hamrayev Golden Globes mukofoti ortida nima yashiringanini tushuntirdi
Toshkentda Golden Globes Meridian Award mukofotiga sazovor boʻlgan oʻzbekistonlik rejissyor Ali Hamrayev oʻz nutqida nafaqat unga yordam berganlarga, balki gʻov boʻlganlarga ham minnatdorchilik bildirdi. Bundan tashqari, u oʻn yoshida Charli Chaplinning «Katta shahar chiroqlari» filmini koʻrgani va shundan soʻng hayotini kino bilan bogʻlashga qaror qilgani haqida soʻzlab berdi.
23–24 oktyabr kunlari Toshkentda ilk bor Golden Globes Silk Road Tribute Gala marosimi boʻlib oʻtdi. Amerikaning «Oltin globus» mukofoti shafeligida oʻtkazilayotgan loyiha Markaziy Osiyo va Kavkaz kino va televideniye vakillarini bir joyga jamladi. Meridian Award mukofotlarini Ali Hamrayev va Oʻzbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova qoʻlga kiritdilar.
Ali Hamrayev oʻz chiqishida bolaligini va kasb tanlashini belgilab bergan kartinami yodga oldi. Toshkent kinoteatrida Charli Chaplinning «Katta shahar chiroqlari» lentasini tomosha qilganida u oʻn yoshda edi.
«Oʻshanda, ushbu buyuk filmning finalida, yalangoyoq bolakay boʻlgan meni yosh boʻgʻardi. aynan oʻsha daqiqalarda men hayotimni buyuk kino sanʼatiga bagʻishlashimni tushunib yetganman», — dedi rejissyor.
U kinokamera qarshisida 70 yil oʻtkazganini, shu sababli xalqaro mukofotni olish u uchun alohida ahamiyatga ega voqeaga aylanganini taʼkidladi.
Hamrayev oilasiga, turmush oʻrtogʻi Gulbustonga, oʻz pedagoglari va kino ustalariga minnatdorchilik bildirdi. Ular orasida u oʻzbek rejissyorlari Nabi Gʻaniyev, Malik Qayumov va Shuhrat Abbosovlarni tilga oldi. shuningdek, u Akira Kurosava, Orson Uells, Djon Ford, Alfred Xichkok, Federiko Fellini va boshqa kinematografistlarni eslab oʻtdi.
Rejissyor ogʻir yillarda uni qoʻllab-quvvatlagan insonlarga alohida minnatdorchilik bildirdi. Lekin u xalaqit berganlarni ham eʼtiborsiz qoldirmadi.
«Har doim yordam berganlarga rahmat, ular meni ilhomlantirishdi, har doim xalaqit berganlarga ham rahmat, ular mening irodamni va ishtiyoqimni mustahkamlashdi!» — dedi Hamrayev.
Aynan ushbu iborada, aslida, uning nutqining asosiy maʼnolaridan biri mujassamlashgan. Rejissyorning fikricha, toʻsiqlar ham ijodiy yoʻlning bir qismiga aylanishi va oldinga intilish istagini kuchaytirishi mumkin.
Hamrayev, shuningdek, murakkab davrlarda unga yordam bergan insonlarning hissasini taʼkidladi. ular orasida u Alisher Usmonovni eslab oʻtdi.
Rejissyor Tojikiston, Qozogʻiston, Rossiya va Italiyada ishlagan. Biroq u oʻz kasbiy mansubligini aniq va bir maʼnoli ifodalaydi.
«Men Tojikiston, Qozogʻiston, Rossiya va Italiyada ishlaganman, lekin mendan soʻrashganida, har doim javob beraman: men oʻzbek rejissyori boʻlganman, shundayman va shunday boʻlib qolaman», — deya taʼkidladi u.
Chiqish finalida rejissyor yosh hamkasblariga murojaat qildi. U ularni sunʼiy intellektga haddan tashqari berilib ketmaslikka va oʻz qobiliyatlarini rivojlantirishga chaqirdi.
«Oʻzbekistondagi yosh hamkasblarimdan sunʼiy intellektga berilib ketmaslikni, oʻz tabiiy intellektidan va Xudo bergan noyob isteʼdodidan maksimal darajada foydalanishni soʻrayman», — dedi Hamrayev.
Uning fikricha, yosh kinematografistlar uchun oʻz ijodiy yoʻlini topish va tomoshabinlar eʼtirofiga erishish muhimdir.
Ilk Silk Road Tribute Gala marosimi Toshkentda 23–24 oktyabr kunlari boʻlib oʻtdi. Golden Globes xabariga koʻra, tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz kino va televideniye vakillarining yutuqlariga bagʻishlandi. Hamrayev va Jamilovadan tashqari, mukofotlarni Ozarbayjon, Gruziya, Qozogʻiston va Armaniston kino arboblari ham olishdi.

