Mahalliy

VUM Comtrux Tashkent 2026 ko‘rgazmasida yangi FAW Tiger V 4×4 shassini taqdim etdi

21−23-oktabr kunlari Toshkentdagi CAEx ko‘rgazmalar markazida Comtrux Tashkent 2026 tijorat transporti ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda Van Universal Motors yangi FAW Tiger V 4×4 shassisini taqdim etdi, kompaniya stendiga 1500 dan ortiq mehmon tashrif buyurdi.

VUM Comtrux Tashkent 2026 ko‘rgazmasida yangi FAW Tiger V 4×4 shassisini namoyish etdi

21−23-oktabr kunlari Toshkentdagi CAEx ko‘rgazmalar markazida Comtrux Tashkent 2026 tijorat transporti ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Uch kun davomida bu yerga yuk tashish, qurilish va kommunal soha vakillari jam bo‘ldi. Van Universal Motors (VUM) aynan shu ko‘rgazmada yangi FAW Tiger V 4×4 shassisini taqdim etdi, kompaniya stendiga 1500 dan ortiq mehmon tashrif buyurdi.

Mehmonlar orasida davlat tashkilotlari vakillari, logistika kompaniyalari rahbarlari, avtopark egalari va ko‘plab tadbirkorlar ham bor edi. Ular texnikalarni yaqindan ko‘zdan kechirib, kabinaga o‘tirib, qulayliklarini o‘zlari sinab ko‘rishdi. Mutaxassislar bilan suhbatlarda esa yuk ko‘tarish quvvati, servis tarmog‘i va ehtiyot qismlar ta’minoti bo‘yicha fikr almashildi.

Har yilgidek, VUM bu ko‘rgazmada ham yangilik bilan qatnashdi. Bu safar kompaniya FAW Tiger V 4×4 shassisini namoyish qildi. To‘rtala g‘ildiragi ham yetakchi bo‘lgan ushbu texnika loy, qum va tik qiyaliklarda ham harakatlana oladi. Shassi asfalt qoplanmagan yo‘llar, qurilish maydonlari va tog‘li hududlarda ishlash uchun mo‘ljallangan. Shassi ustiga bajariladigan ish turiga qarab furgon, samosval yoki maxsus texnika kuzovini o‘rnatish mumkin. Bu esa texnikani turli sohalarda foydalanish uchun moslashtirish imkonini beradi.

“Ko‘rgazmada biz uchun eng qimmatli narsa mijozlarning taklif va fikrlari. Ularning talab va ehtiyojidan kelib chiqib texnikamizni yangilab boramiz. Bu yilgi 4×4 shassi shu yondashuvning natijasi. Mehmonlarning qiziqishi tanlovimiz to‘g‘ri bo‘lganini ko‘rsatdi”, — deydi VUM bosh direktori Rovshan Xasanov

4x4 shassisi bilan bir qatorda, ko‘rgazmada yangilangan yana ikki model ham namoyish etildi. Ulardan biri dizel dvigatelli, tentli FAW Tiger VR bo‘lib, 3 500 kg gacha yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega. Bu avvalgi modelga nisbatan deyarli ikki barobar ko‘p. Tentli bortli kuzov esa yuklarni turli tomondan ortish va tushirishni osonlashtiradi. Shu jihatlari bilan model kichik va o‘rta biznes vakillari, savdo tarmoqlari hamda yetkazib berish xizmatlari uchun qulay yechim hisoblanadi.

Shahar xo‘jaligi ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan FAW Tiger chiqindi tashuvchi texnikasi ham ko‘rgazma ishtirokchilarida qiziqish uyg‘otdi. Uning 8,5 kub metr hajmli kuzovi chiqindilarni tashish jarayonida samarali ishlash imkonini beradi. Model, ayniqsa, kommunal xizmatlar va obodonlashtirish tashkilotlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu soha vakillari uning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ko‘rgazma VUM uchun nafaqat yangi texnikalarni namoyish etish, balki mijozlar bilan muloqot qilish va bozor talablarini yaxshiroq tushunish uchun ham muhim maydon bo‘ldi. FAW Tiger V 4×4 shassisi va yangilangan modellarga bildirilgan qiziqish kompaniyaning turli sohalar ehtiyojlariga mos yechimlar taklif etishga intilayotganini ko‘rsatdi. VUM kelgusida ham mijozlar talabidan kelib chiqib, FAW texnikalari qatorini kengaytirish va O‘zbekiston tijorat transporti bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlashda davom etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.