Volkswagen va Audi dunyo boʻylab 2,1 millionta avtomobilning butlovchi qismini almashtirish uchun chaqirib olmoqda
Audi Q3, VW Golf, Golf Variant, Tiguan, Touran va Caddy modellaridagi rul mexanizmida nuqson aniqlangan.

Volkswagen va Audi butun dunyo bo‘ylab 2,1 millionta avtomobilning butlovchi qismini almashtirish uchun chaqirib olmoqda
Volkswagen va Audi kompaniyalari rul mexanizmida joylashgan birikma bilan bog‘liq ehtimoliy muammo tufayli dunyo bo‘ylab 2,1 milliondan ortiq avtomobilni chaqirib olmoqda. Bu haqda Umumgermaniya avtomobil klubi (ADAC) ma’lum qildi.
Gap 2017-yil 31-oktabrdan 2024-yil 23-maygacha ishlab chiqarilgan Audi Q3, shuningdek 2013-yil 24-sentabrdan 2024-yil 1-iyulgacha ishlab chiqarilgan Volkswagen Golf, Golf Variant, Tiguan, Touran va Caddy modellariga taalluqli.
Ishlab chiqaruvchining tushuntirishicha, ayrim holatlarda korroziya tufayli rul mexanizmida joylashgan birikma bolti yemirilishi mumkin.
Chaqirib olish kampaniyasiga tushgan avtomobillar egalari avtoservisga murojaat qilishi kerak. U yerda bolt korroziyaga chidamliroq boltga almashtiriladi.
Sentabr oyida Volkswagen AQShda 208,7 mingdan ortiq 2018-yilda ishlab chiqarilgan Tiguan, 2018–2019-yillarda ishlab chiqarilgan Atlas va 2019–2021-yillarda ishlab chiqarilgan Audi Q3 modellarini qaytarib olishini bildirgan edi. Kompaniya bunga rul boltining muddatidan oldin korroziyaga uchrashi va sinishi xavfini sabab qilib ko‘rsatgan.

