Vinted oʻgʻirlangan tovarlarni sotuvga qoʻygan frantsiyalik talonchilarni bloklamoqda
Platforma dam olish kunlaridan beri «talon-toroj qilishga aloqador eʼlonlarni aniqlash va oʻchirish boʻyicha zudlik bilan choralar koʻrganini» maʼlum qildi.

Vinted Frantsiyadagi tartibsizliklar paytida oʻgʻirlangan tovarlarni sotuvga qoʻygan talonchilarni bloklamoqda
Vinted maʼlumotlariga koʻra, Frantsiyada davom etayotgan tartibsizliklar paytida doʻkonlardan talon-toroj qilingan deb hisoblangan tovarlar eʼlonlardan olib tashlandi.
Ikkinchi qoʻl buyumlarni qayta sotish platformasi dam olish kunlaridagi tartibsizliklardan soʻng "talonchilik bilan bogʻliq eʼlonlarni aniqlash va oʻchirish boʻyicha zudlik bilan choralar koʻrganini" maʼlum qildi.
Dam olish kunlari avj olgan tartibsizliklar paytida Frantsiyaning bir qator shaharlaridagi doʻkonlarga bostirib kirilgan va ular talon-toroj qilingan.
"Oʻgʻirlangan tovarlarni sotish yoki ularni soʻrash Vinted’da qaʼtiy taqiqlanadi va biz bunga aslo toqat qilmaymiz", dedi kompaniya vakili.
Yashash miqdori va davlat xarajatlariga qarshi noroziliklar tartibsizliklarga aylanib ketishi va kamida 1 200 kishining hibsga olinishiga olib kelganidan soʻng, Parij, Marsel, Lill va boshqa hududlarda keng koʻlamli talonchiliklar qayd etildi.
Savdo-sanoat palatalari (CCI) rahbarining soʻzlariga koʻra, dam olish kunlaridagi zoʻravonliklardan 2 000 dan ortiq korxona bevosita jabr koʻrgan.
Alen Di Kreschentso Frantsiyaning RTL telekanaliga tartibsizliklar yuz millionlab yevro miqdorida zarar yetkazganini aytdi.
Tartibsizliklar uyushtirgan, ayrimlari niqob va balaklava kiygan guruhlar mashinalar va binolarga oʻt qoʻygani, shuningdek, korxonalarni talon-toroj qilgani kuzatilgan.
Buyumlarni oʻgʻirlaganlar endi ularni tezda sotishga harakat qilayotgani koʻrinmoqda.
"Ushbu dam olish kunlaridan beri jamoalarimiz talon-toroj qilish bilan bogʻliq eʼlonlarni aniqlash va oʻchirish boʻyicha zudlik bilan choralar koʻrdi va biz shibhali eʼlonlarni kuzatishni kuchaytirdik", деди Vinted BBC’га.
"Qoidalarimiz buzilganda, biz aloqador hisoblarga nisbatan chora koʻramiz, hattoki ularni butunlay bloklaymiz."
Kompaniya Frantsiya hukumati va politsiyasi bilan hamkorlik qilayotganini hamda "paydo boʻlayotgan xavf-xatarlar va gʻarazli xatti-harakatlarni aniqlash va ularga qarshi kurashish jarayonlarini" moslashtirayotganini aytdi.
Reuters xabariga koʻra, Parijdagi Vandom maydonida joylashgan hashamatli doʻkonlar va butiklar yopilgan va qoʻriqchilar tomonidan oʻrab olingan.
Shuningdek, Frantsiya poytaxtidagi bir qator doʻkonlar, jumladan Dior, Rolex, Louis Vuitton va Ralph Lauren doʻkonlarining peshlavhalariga zarar yetkazilgani aytilmoqda.
Marsel shahrida "Olimpik Marsel" futbol klubi shaharning tarixiy markaziy koʻchasida joylashgan rasmiy doʻkoni talon-toroj qilinganini maʼlum qildi.
Klub ushbu doʻkonni yopdi, shuningdek, Liga 1’dagi boshqa bir klub "Lill" ham klub doʻkoni keyingi ogohlantirishgacha yopiq qolishini aytdi.

