Venger FIFA prezidentligiga saylovda Infantinoga raqib boʻlishi kutilmoqda
Venger 2019-yildan buyon FIFAning futbolni global rivojlantirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelmoqda. FIFA prezidentligiga saylov 2027-yilning martida boʻlib oʻtadi.

Venger FIFA prezidentligida Infantinoga raqib bo‘lishi kutilmoqda
FIFAning amaldagi prezidenti Janni Infantinoga qarshi chiqayotganlar kelasi yili tashkilot rahbarligi uchun o‘tkaziladigan saylovda Londonning “Arsenal” klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Vengerni unga raqib sifatida ko‘rishmoqda, deb yozadi.
Qayd etilishicha, ular 76 yoshli Vengerni FIFA prezidentligiga saylovda o‘z nomzodini qo‘yishga ko‘ndirishga umid qilishmoqda.
Venger “Arsenal” tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy hisoblanadi. Jamoa uning qo‘l ostida uch marta mamlakat chempioni bo‘lgan va yetti marta Angliya Kubogini qo‘lga kiritgan. U 2019-yildan buyon FIFAning futbolni global rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.
FIFA prezidentligiga saylov 2027-yilning martida bo‘lib o‘tadi. Infantino FIFAni 2016-yildan beri boshqarmoqda va navbatdagi muddatga saylanishni rejalashtirgan. Shuningdek, “Tottenxem” va Shveysariya milliy jamoasi sobiq himoyachisi Ramon Vega ham tashkilot rahbarligiga saylovda o‘z nomzodini qo‘yish istagini bildirgan.

