Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Machado vataniga qaytdi
Venesuela muxolifati yetakchisi va Nobel mukofoti sohibi Mariya Machado 10 oydan ortiq surgundan so‘ng vataniga qaytdi. Siyosatchining qaytishi AQSh, Kolumbiya va Panama bilan kelishilgan holda amalga oshirildi. Vashington Machadoning xavfsizligiga tahdid tug‘dirmaslik bo‘yicha Karakasni ogohlantirgan.

Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Machado vatanga qaytdi
Venesuela muxolifati yetakchisi va Nobel mukofoti sohibi Mariya Korina Machado 10 oydan ortiq davom etgan qochqinlikdan keyin vataniga qaytdi, deb xabar bermoqda. “Venesuelada! Birgalikda! Erkinlik uchun!” — deb yozdi Machado X ijtimoiy tarmog‘ida. U postiga mashinasini o‘rab olgan tarafdorlarini olqishlayotgani aks etgan videoni ham ilova qildi. Keyinroq siyosatchi Venesuela poytaxti Karakasga yetib borganini ma’lum qildi.
Machadoning maslahatchilari aytishicha, so‘nggi bir necha oy davomida u Venesuelaga yetti marta qaytishga uringan, biroq har safar buning uddasidan chiqa olmagan.
Machadoning qaytishi AQSh, Panama va Kolumbiya hukumatlari bilan kelishilgan, deb yozadi. Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, Machado Panamadan Kolumbiyaga xususiy samolyotda uchib kelgan va yakshanba kuni Venesuela bilan chegarani quruqlik orqali kesib o‘tgan. Uning harakatidan xabardor manbaning bildirishicha, parvoz o‘tgan hafta oxirida amalga oshirilgan va safar davomida uni AQShning xususiy xavfsizlik agentligi xodimlari qo‘riqlagan. Ushbu manbaga ko‘ra, AQSh Venesuela hukumatini jarayonga aralashmaslik yoki Machadoning xavfsizligiga tahdid tug‘dirmaslik haqida ogohlantirgan.
AQSh davlat kotibi Marko Rubio Machadoning qaytishini ta’minlagan muzokaralarda Vashington ishtirok etganini tasdiqladi.
“Machado xonimning Venesuelaga xavfsiz qaytishiga sharoit yaratgan omillar AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlangan yarashuv muzokaralarining to‘g‘ridan to‘g‘ri natijasidir. Ushbu muzokaralar sharofati bilan yuzlab siyosiy mahbuslar ozodlikka chiqdi va yuzlab siyosiy muxolifat vakillari surgundan qaytdi… Bu Venesuela uchun so‘nggi 30 yil ichida nafaqat erkin va adolatli saylovlar o‘tkazish, balki barqaror demokratiya barpo etishga tinch yo‘l bilan erishishning eng yaxshi imkoniyatidir”, — deb yozdi u X tarmog‘ida.
Machado muxolifatdagi faoliyati sababli ta’qibga uchrashdan qo‘rqib, 2024-yildan beri Venesuela hukumatidan yashirinib yurgandi. O‘sha yili mamlakatda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgan va uning g‘olibi sifatida Nikolas Maduro e’lon qilingandi.
Muxolifatning dastlabki saylovlarida g‘alaba qozongan Machado prezidentlik poygasida qatnasha olmadi: ma’muriy qonunbuzarliklar, xalqaro sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlash va korrupsion sxemaga aloqadorlikda ayblangan rasmiylar unga 15 yil davomida davlat lavozimlarini egallashni taqiqlab qo‘ygandi. Machado bu ayblovlarni rad etgan.
2025-yil oxirida muxolifatchi yashirincha Venesuelani tark etib, Norvegiyaga bordi va u yerda unga Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi. Mukofot unga “Venesuela xalqining demokratik huquqlarini ilgari surishdagi tinimsiz mehnati hamda diktaturadan demokratiyaga adolatli va tinch yo‘l bilan o‘tish uchun kurashi uchun” berildi.
2026-yil yanvarida AQSh harbiy operatsiya natijasida Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qo‘lga oldi hamda ularni giyohvand moddalar savdosini tashkil etish bo‘yicha sud qilish uchun Nyu-Yorkka olib ketdi. Ularga narkoterrorizm, kokain kontrabandasi va qurol saqlash bo‘yicha ayblovlar qo‘yildi.
Ikkalasi ham ayblovlarni tan olmadi.
Oktabr oyida prokuratura Maduro va Floresga nisbatan qiynoqlar qo‘llash maqsadida til biriktirganlik bo‘yicha qo‘shimcha ayblovlarni ham ilgari surdi.
Maduro ag‘darilganidan so‘ng muxolifat hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga tayyorligini ma’lum qildi. Biroq AQSh prezidenti ma’muriyati Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodrigesni qo‘llab-quvvatladi.
Donald Tramp Machadoni “yoqimli ayol” deb atagan, lekin uning yetakchi bo‘lishi juda qiyinligini ta’kidlagan. “U mamlakat ichida qo‘llab-quvvatlov va hurmatga ega emas. U juda yaxshi ayol, ammo unga nisbatan hurmat yo‘q”, — degandi u o‘shanda.
CNN nashrining qayd etishicha, Rodriges Tramp ma’muriyatining deyarli barcha talablarini, jumladan, yuzlab siyosiy mahbuslarni ozod qilish va AQSh kompaniyalarining Venesuela iqtisodiyotiga sarmoya kiritishi uchun qulayroq sharoitlar yaratishni bajargan.
O‘sha yilning yanvar oyida Machado Oq uyga tashrif buyurib, bir necha bor mukofotni olish istagini bildirgan Trampga o‘zining Nobel laureati medalini sovg‘a qilgandi.
AQSh prezidenti unga “o‘zaro hurmatning bunday ajoyib ishorasi” uchun minnatdorlik bildirgan. Nobel qo‘mitasi esa o‘shanda mukofotni “qaytarib olish, bo‘lishish yoki boshqa shaxsga berish mumkin emasligini” ma’lum qilgandi.

