Velosipedchi onalar Turkiya boʻylab 1 000 km masofada yosh bolalarini tirkamada tortib borishadi
Ikki yaqin doʻst onalik "sarguzashtlar tugashini anglatmasligini" koʻrsatishga umid qilmoqda.

**Velosipedchi onalar kichkintoylari bilan Turkiya boʻylab 1 000 km masofani bosib oʻtadi**
Tori Uilyams (oʻngda) bolaligida leykemiyadan vafot etgan onasi ularning "ushbu ajoyib saguzashtdagi eng katta qoʻllovchisi" boʻlishini bilishini aytmoqda
Buyuk Britaniyalik ikki ona onalik boshlanganda sarguzashtlar tugashi shart emasligini koʻrsatish uchun kichkintoylari bilan Turkiya boʻylab velosipedda sayohatga chiqmoqda.
Uelsning Penallt shahridan Vanessa Rak va Glostershirdagi Sinderforddan Tori Uilyams Leukaemia UK jamgʻarmasi uchun mablagʻ yigʻish maqsadida 25 kun ichida 1 000 km (621 mil) masofani bosib oʻtishni rejalashtirmoqda.
Uilyams 2000 yilda, bor-yogʻi 10 yoshida onasidan leykemiya tufayli ayrilgan, "Velosipeddagi qiz" laqabli Rak esa 2014 yilda velosiped haydab ketayotganida mashina urib ketishi oqibatida yettita operatsiyani boshdan kechirgan.
Rak shunday dedi: "Biz buni qilmoqchimiz, chunki hayot haqiqatan ham qisqa, ikkalamiz ham buni oʻz tariximizdan bilamiz — va yuz berishi mumkin boʻlgan eng yomon narsa nima? Yoʻlda juda uzoqqa bora olmasligimiz mumkin, lekin biz harakat qilib koʻramiz."
Baxtsiz hodisadan beri Rak eng ogʻir yoʻlsiz joylardagi musobaqalarda, jumladan, Sahroi Kabir boʻylab mototsiklda oʻtkazilgan 6 000 km lik mashaqqatli 2024 Africa Eco Race musobaqasida ishtirok etdi.
Ammo uning aytishicha, 2024 yilda ona boʻlganida hayoti yana "keskin" oʻzgargan.
"Onalik sarguzashtlar toʻxtashi kerakligini anglatmaydi. Bu shunchaki sarguzashtlar boshqacha koʻrinish olishini anglatadi", dedi u.
"Shunga koʻra, onalik orqali tanishgan qadrdon doʻstim Tori bilan birgalikda, kichkintoylarimizni parvarish qilish bilan bir qatorda katta sarguzashtni amalga oshirish gʻoyasini oʻylab topdik."
Ikki doʻst 22 oylik qizi Skaylar va Uilyamsning ikki yoshli oʻgʻli Leo bilan birgalikda har qanday ob-havoda Turkiya yoʻllari va yoʻlaklaridagi qiyinchiliklarga, shuningdek, bolalarning xapriqishlariga duch kelishadi.
"Biz 21 000 m balandlikka ega boʻlgan 1 000 km lik marshrutni belgiladik — bu Everest balandligidan 2,4 baravar yuqori degani va oyoqlarimiz tirkamalar, kichkintoylarimiz, palatkalarimiz va barcha jihozlarimizni tortib, bizni oldinga harakatlantiradi", dedi Rak.
"Bizda elektron velosipedlar bor, lekin orqamizda taxminan 40 kg yukni tortamiz — shuning uchun bu juda katta sinov boʻladi."
Vanessa Rakning aytishicha, u hali ham emizmoqda, shuning uchun uning tanasi "har kuni yanada koʻproq mehnat qilishi kerak"
Elektron velosipedlarni atigi bir hafta yarim oldin olishgani va velosipedlar bilan "bor-yogʻi besh kun" oʻtkazishganiga qaramay, u ikkalasi ham "juda qatʼiyatli onalar" ekanini aytdi.
"Biz kutganimizdek koʻp velosiped haydamadik", dedi u.
"Bizning baʼzi kunlarimiz 39 km dan 80 km gacha boʻlgan masofani bosib oʻtishga moʻljallangan — bu London-Brayton velosiped sayohatini bir necha kun ketma-ket va balandlikka koʻtarilish bilan amalga oshirishga oʻxshaydi.
"Va men hali ham emizmoqdaman, shuning uchun tanam har kuni yanada koʻproq mehnat qilishi kerak."
Doʻstlar kichkintoylari tirkamalarda yoki oldinga oʻrnatilgan bolalar oʻrindiqlarida ketayotgan ushbu sayohat boshqa ota-onalarni ham sarguzashtning oʻz versiyasini topishga ilhomlantirishiga umid qilishmoqda.
"Biz tirkamada ularni ovutadigan oʻyinchoqlardan tortib, qanday ovqat va yeguliklar tayyorlay olishimizgacha hamma narsani rejalashtirishimizga toʻgʻri keldi", dedi u.
"Ikkalasi ham tuvakka oʻrganish bosqichidan oʻtmoqda — shuning uchun agar noqulayliklar yuz bersa, tez quriydigan shimlar oldik."
Uning qoʻshimcha qilishicha, "eng katta maqsad — bolalarda ajoyib xotiralar qolishidir".
Ikki qadrdon doʻst onalik "sarguzashtlar toʻxtashi kerakligini anglatmasligini" koʻrsatishga umid qilmoqda
Boshqa ota-onalarni "fursatni boy bermaslikka" va "bolalarini" oʻzlari bilan birga olishga undash bilan bir qatorda, doʻstlar Leukaemia UK uchun ham mablagʻ yigʻishmoqda.
Onasi 39 yoshida leykemiyadan vafot etgan Uilyams oʻgʻlini bu sayohatga olib chiqish nafaqat onasining ruhini shod etish, balki oddiy hol deb qarab boʻlmaydigan xotiralarni yaratish usuli ekanini aytdi.
"Onam hayotda intiluvchan edi, u duch kelgan har bir imkoniyatdan foydalanardi va men bilamanki, u ushbu ajoyib saguzashtda bizning eng katta qoʻllovchimiz boʻlardi", dedi u.

