Va olis yoʻlga…
Rossiya tashqi razvedkasi rahbaridan soʻng Afgʻonistonga Rossiya hukumat delegatsiyasi yoʻl oladi

I olis yoʻlga…
Yaqin orada Afgʻonistonga Rossiya Federatsiyasi vitse-premyeri Aleksey Overchuk boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi tashrif buyuradi. Bu haqda RF prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Kabulov maʼlum qildi.
«Yaqinda Rossiya hukumati vitse-premyeri Aleksey Logvinovich Overchuk boshchiligidagi katta vakillik delegatsiyasining tashrifi aynan shunga [iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga] bagʻishlanadi», — dedi u KXSHT, MDH va SHHTning Markaziy Osiyo va Afgʻonistondagi xavfsizlik masalalariga bagʻishlangan konferentsiyasida.
Oldinroq xabar berilganidek, 14 oktyabr kuni Afgʻonistonga oldindan eʼlon qilinmagan amaliy tashrif bilan RF Tashqi razvedka xizmati (TRX) rahbari Sergey Narishkin tashrif buyurdi, u Afgʻoniston Islom Emirati Bosh razvedka boshqarmasi direktori Abdul Haq Vasiq bilan muzokaralar oʻtkazdi. Bundan oldin esa RF Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari Aleksandr Venediktov Moskva va Qobul «afgʻonlar bilan sintetik giyohvandlik moddalari muammosi boʻyicha yaqindan ishlayotganini» taʼkidlagan edi.

