Mahalliy

V Namangane zaderjany studenty, grabivshiye drugix uchashchixsya

Semero uchashchixsya texnikuma v gorode Namangane s primeneniyem sily otobrali dengi, chasy i telefony u chetveryx studentov.

Namanganda boshqa o‘quvchilarni talagan talabalar qo‘lga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida bir guruh yigitlar kuch ishlatib, boshqa yigitlarning buyumlarini tortib olgani aks etgan videoyozuvlar tarqaldi.

Mazkur holat Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, 19-sentabr kuni Namangan shahridagi “Dashtbog‘” mahallasi hududida 2-sonli professional texnikumning 1-kursida o‘qiydigan 7 nafar talaba kuch ishlatib, shu texnikumning 1-kursida o‘qiydigan 4 nafar talabaning pullari, soati va telefonlarini olib qo‘ygan.

Dastlabki tekshiruv davomida videoyozuvda aks etgan barcha ishtirokchilarning shaxsi aniqlangan. Shuningdek, ushbu holat oqibatida hech kim tan jarohati olmagani ham ma’lum bo‘lgan.

Mazkur fakt yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan talonchilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.